2023 yil yakuni bo'yicha “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida XABARNOMA
2023 yil yakuni boʻyicha “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Aksiyadorlar yillik umumiy yigʻilishi toʻgʻrisida
XABARNOMA
“Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki” aksiyadorlik
tijorat banki aksiyadorlari diqqatiga!
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi, 2024 yil 28 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 11-00
da
masofadan turib elektron ovoz berish xizmati
http://evote.uz/ orqali Bank aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy
yigʻilishi boʻlib oʻtishini maʼlum qiladi.
YIGʻILISH KUN TARTIBI:
- Bank Kengashi va Boshqaruvining 2023 yil yakunlari boʻyicha faoliyati hamda bankning rivojlantirish
strategiyasini bajarilishi boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish.
- Bankning 2023 yil yakunlari boʻyicha yillik hisobotini tasdiqlash.
- Bank foydasini taqsimlash va har bir Kengash aʼzosiga korporativ yil uchun toʻlanadigan mukofot va
kompensatsiyaning eng yuqori miqdorini belgilash.
- 2024-2025 korporativ yili uchun Bank Boshqaruvining aʼzolariga toʻlanadigan mukofotining maksimal miqdorini
belgilash.
- Bank Boshqaruvi Raisi va aʼzolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini tuzish / uzaytirish toʻgʻrisida.
- 2024 moliya yili boʻyicha Bankda tashqi auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun tashqi auditor tashkilotini
belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp xaq miqdorini belgilash.;
- “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida.
- Tashkent City” XIMdagi Bosh bank yangi binosining qurilish uchun belgilangan qiymatini qoʻshimcha oshirish
masalasi toʻgʻrisida.
- Aksiyadorlarga yillik umumiy yigʻilishni oʻtkazilishi haqida xabardor qilish
uchun reyestrni
shakllantirish sanasi: 2024 yil 28 may.
- Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar
reyestri tuziladigan sana: 2024 yil 24 iyun.
- Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishga oid hujjatlar bilan bankning www.uzpsb.uz korporativ veb-sayti orqali tanishishingiz yoki info@uzpsb.uz elektron manzili orqali soʻrov yuborishingiz
mumkin.
Shu bilan birga ushbu xujjatlar bilan Bankning ofisida joylashgan Korporativ boshqaruv xizmatida ushbu eʼlon berilgan
kundan boshlab yigʻilish oʻtkaziladigan kunga qadar ish kunlari soat 10.00 dan 18.00 gacha tanishib chiqishingiz mumkin.
Manzil: Shaxrisabz koʻchasi,
16A-uy, moʻljal: “Oybek” metro bekati.
Yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (
http://evote.uz/.) foydalangan holda
2024 yil 28 iyun Toshkent vakti bilan soat 1000 da boshlanib 1100 da toʻxtatiladi.
Maʼlumot olish uchun telefon: (78) 120-45-00 IP:13-30; (99894) 711– 13 – 75.