Bildirishnoma

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Bank Kengashining 2019 yil 15 oktyabrdagi 2019/04-sonli yig‘ilish bayoniga asosan 2019 yil 18 oktyabrda 133000000000  (bir yuz o‘ttiz uch milliard)  dona  oddiy  aktsiyalar chiqarilganligini ma’lum qiladi.

Bir dona aktsiyaning sotish narhi 19 so‘m miqdorida belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunigaasosan 2019 yil 15 oktyabr holatigaovoz beruvchi aktsiyalarning egalari bo‘lgan aktsiyadorlar ushbu qo‘shimcha chiqarilgan aktsiyalarni o‘zlariga tegishli shu turdagi aktsiyalar  miqdoriga mutanosib miqdorda belgilangan narhda imtiyozli sotib olish huquqiga ega.

Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aktsiyadorlaraktsiyalarni sotibolishi to‘g‘risida o‘zining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), o‘zi oladigan aktsiyalarsoni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani Bankning Bosh ofisiga Yunusobod tumani, Shaxrisabz ko‘chasi, 3-uyga taqdim etish orqali o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishlari mumkin.

Imtiyozli huquqni amalga oshirish 2019 yil 18 oktyabrdan 2019 yil 29 oktyabrga qadar qo‘llanilishini ma’lum qilamiz.


Дата последнего обновления: 21.04.2021 17:43  
up