«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Aksiyadorlarining navbatdagi yillik
Umumiy yig‘ilishini o‘tkazish (masofadan) to‘g‘risida
XABARNOMA
Hurmatli «O‘zbekiston sanoat qurilish banki» aksiyadorlik tijorat
banki aksiyadori!
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Toshkent shahar, Shaxrisabz ko‘chasi, 3 uy manzili bo‘yicha joylashgan, (korporativ veb-sayt: www.sqb.uz, e-mail: info@sqb.uz), Sizga 2026 yil 30 iyun kuni Toshkent shahri vaqti bilan soat 11-00da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz/ orqali Bank aksiyadorlarining navbatdagi yillik Umumiy yig‘ilishi belgilanganligini ma'lum qiladi.
YIG‘ILISh KUN TARTIBI:
1. Bank Kengashi va Boshqaruvining 2025 yil yakunlari bo‘yicha faoliyati hamda bankni rivojlantirish strategiyasining bajarilishi bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish.
2. Bankning 2025 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash.
3. Bank foydasini taqsimlash va har bir Kengash a'zosiga 2026-2027 korporativ yil uchun to‘lanadigan mukofot va kompensasiyaning eng yuqori miqdorini belgilash.
4. 2026-2027 korporativ yil uchun bank Boshqaruvi a'zolariga to‘lanadigan mukofotning maksimal miqdorini belgilash.
5. Bank Boshqaruvi Raisi va Boshqaruv a'zolarining vakolatlarini 1 (bir) yilga tasdiqlash to‘g‘risida.
6. 2026 moliya yili bo‘yicha Bankda tashqi auditorlik tekshiruvini o‘tkazish
uchun tashqi auditor tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p xaq miqdorini belgilash.
7. “O‘zbekiston sanoat qurilish banki” aksiyadorlik-tijorat banki ustaviga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash.
8. Bankda korporativ boshqaruv tizimi bo‘yicha 2025 yil yakunlariga ko‘ra o‘tkazilgan xalqaro (OOO "PRICEWATERHOUSE COOPERS") mustaqil baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
9. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Bank guruxini korporativ boshqarish Кonsepsiyasini tasdiqlash.
10. Balansdan tashqari hisob raqamlardagi aktivlarni o‘ndirish bo‘yicha 2025 yil hisoboti.
· Aksiyadorlarni navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishning o‘tkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2026 yil “ 8 ” iyun.
· Aksiyadorlar navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri tuziladigan sana: 2026 yil “ 24 ” iyun.
· Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishga oid hujjatlar bilan bankning www.sqb.uz korporativ veb-sayti orqali tanishish yoki info@sqb.uz elektron manzili orqali so‘rov yuborishingiz mumkin.
Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz/.) foydalangan holda 2026 yil “ 30 ” iyun kuni Toshkent shahar vaqti bilan soat 10.00 da boshlanib 11.00 da to‘xtatiladi.
Murojaat uchun telefon: (78) 120-45-00 IP:85-55; (99894) 711– 13 – 75.

