«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Aksiyadorlarining navbatdan

tashqari umumiy yig‘ilishini (masofadan)o‘tkazish to‘g‘risida

XABARNOMA

Hurmatli «O‘zbekiston sanoat qurilish banki» aksiyadorlik tijorat banki aksiyadori!

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy manzili bo‘yicha joylashgan, (korporativ veb-sayt: www.sqb.uz, e-mail: info@sqb.uz), Sizga 2025-yil 10-aprel kuni Toshkent shahri vaqti bilan soat 11-00da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz/. orqali Bank Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi boʻlib oʻtishini maʼlum qiladi. 

YIG’ILISH KUN TARTIBI:

1.     2023-yil 30-noyabrdagi Bank aksiyadorlari navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishining 03/2023-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2024-2026-yillarda rivojlanish strategiyasining maqsadli ko‘rsatqichlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni tasdiqlash.

2.     «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Boshqaruvi to‘g‘risida Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash va 2019-yil 28-iyundagi Bank aksiyadorlari yillik Umumiy yig‘ilishining 01/2019-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Boshqaruvi to‘g‘risidagi Nizomni bekor qilish to‘g‘risida.

3.     «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Kengashi a’zolariga mukofot va kompensatsiya to‘lash to‘g‘risidagi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash va 2023-yil 27-iyundagi Bank aksiyadorlari yillik Umumiy yig‘ilishining 01/2023-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kengashi a’zolariga mukofot va kompensatsiya to‘lash to‘g‘risidagi Nizomini bekor qilish to‘g‘risida.

4.     KPI ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Boshqaruv Raisi va Boshqaruv Raisi o‘rinbosarlariga belgilangan yil yakuni bo‘yicha ish xaqi va mukofot miqdorini belgilash.

5.     2024-yil 20-martdagi Bank aksiyadorlari navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishining 02/2024-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zsanoatqurilishbank» ATB tizimida qarzdorlik evaziga bank balansiga mol-mulklarni qabul qilish hamda ularni sotish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga kiritiladigan o‘zgartirishlarni tasdiqlash.

6.     2024-yil 28-iyundagi Bank aksiyadorlari yillik Umumiy yig‘ilishining 03/2024-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zsanoatqurilishbank» ATB tashkiliy tuzilmasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni tasdiqlash.

7.     Bankning “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlarida qayd etilgan kundan boshlab 5 yildan o‘tgan muammoli qarzdorliklarni hisobdan chiqarish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015-yil 14-iyuldagi 2696-sonli Nizomiga asosan).

8.     Bank Kengashining 3 nafar a’zosining vakolatlarini muddatidan avval tugatish to‘g‘risida.

9.     Bank Kengashida bo‘sh bo‘lgan o‘rinlarga yangi a’zolarni saylash to‘g‘risida.

·       Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishning o‘tkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2025-yil 18-mart.

·       Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri tuziladigan sana: 2025-yil 7-aprel.

·       Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishga oid hujjatlar bilan bankning www.sqb.uz korporativ veb-sayti orqali tanishish yoki info@sqb.uz elektron manzili orqali so‘rov yuborishingiz mumkin.

Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz/.) foydalangan holda 2025-yil 10-aprel kuni Toshkent shahri vaqti bilan soat 1000 da boshlanib, 1100 da to‘xtatiladi.

Murojaat uchun telefonlar: (78) 120-45-00 (ichki 85-55); (99894) 711– 13 – 75.


Дата последнего обновления: 18.03.2025 09:56  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo