“O’zsanoatqurilishbank” ATB aksiyadorlari diqqatiga !

“O’zsanoatqurilishbank” ATBning hujjatsiz (naqdsiz) shakldagi, egasining nomi yozilgan, nominal qiymati 19 so’m bo’lgan, 33 144 578 947 dona oddiy aksiyalari 


XXIV-chiqarilish doirasida aksiyalarni olishga bo’lgan imtiyozli huquqni amalga oshirish ko’zda tutilgan holda muomalaga chiqarildi.  Ushbu chiqariluv doirasidagi oddiy aktsiyalar bozor narxida, lеkin aksiyaning nominal qiymatidan past bo’lmagan bahoda joylashtiriladi.  Ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni imtiyozli huquqqa ega bo’lgan aksiyadorlar mavjud bo’lgan aksiyalari soniga mutanosib ravishda (bank ustav kapitalidagi ulushi doirasida) tеng shartlarda olishlari mumkin. Imtiyozli huquqdan foydalanish muddati ushbu e'lon bеrilgan kundan boshlab 10 kunni tashkil etadi. Imtiyozli huquqqa ega bo’lgan aksiyador aksiyalarni olishi to’g’risida o’zining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan еri), o’zi oladigan oddiy aksiyalarning soni ko’rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to’laganlik to’g’risidagi hujjatni 10 kun ichida bankga yuborish orqali o’z imtiyozli huquqini toliq yoki qisman amalga oshirishga haqli.


Дата последнего обновления: 09.08.2018 19:44  
up