Bo'sh ish o'rinlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Undiruv markazi Hududlarda yuridik va jismoniy shaxslarning qarzdorliklarini undirish guruhiga menejer va kichik menejer lavozimlari uchun malakali, mas’uliyatli va tashabbuskor nomzodlarni ishga taklif etadi.


14.10.2026 09:27

Ish joyi

Toshkent shahri.

Ish tajribasiga qo‘yiladigan talablar

  • Kichik menejer: kamida 1 yil ish tajribasi.
  • Menejer: kamida 2 yil ish tajribasi.

Asosiy vazifalar

  • Muddati o‘tgan va muammoli kredit qarzdorliklarini undirish bo‘yicha standart hamda individual strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish.
  • Yuridik shaxslarning muddati o‘tgan kredit qarzdorliklarini undirish bo‘yicha o‘z vaqtida va samarali choralar ko‘rish.
  • Qarzdorlar, kafillar, birgalikda qarz oluvchilar va garov mulki egalari bilan muzokaralar olib borish hamda qarzdorliklarni so‘ndirish choralarini tashkil etish.
  • Qarzdorlarni kredit majburiyatlari, to‘lov muddatlari va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish.
  • Talabnoma, ogohlantirish xatlari va boshqa zarur hujjatlarni tayyorlash hamda yuborish.
  • Muammoli aktivga aylanish xavfi mavjud kreditlar bo‘yicha erta ogohlantirish signallarini shakllantirish va tegishli tarkibiy bo‘linmalarga taqdim etish.
  • Muddati o‘tgan qarzdorliklar ro‘yxatini shakllantirish, ularning holatini tahlil qilish va doimiy monitoringini olib borish.
  • Undiruv markaziga o‘tkazilgan, shu jumladan balansdan tashqari hisobga olingan kreditlar bo‘yicha undirish choralarini ko‘rish va ishlar holatini nazorat qilish.
  • Sud, notariat, Majburiy ijro byurosi (MIB), sug‘urta tashkilotlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
  • Muammoli kreditlar bo‘yicha sud jarayonlari, ijro hujjatlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan bog‘liq ishlarni o‘rganish hamda zarur hujjatlarni tayyorlash.
  • Qarzdorliklarni so‘ndirishga qaratilgan bank operatsiyalarini belgilangan tartibda amalga oshirish.
  • Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish, xizmat vakolatiga kiruvchi murojaatlarni ko‘rib chiqish va sifatli javoblar tayyorlash.
  • Qonunchilik talablariga rioya qilgan holda telefon va boshqa aloqa vositalari orqali muzokaralar olib borish, shuningdek, zaruratga ko‘ra mijozlar manziliga chiqib uchrashuvlar o‘tkazish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar

  • Iqtisodiy yoki yuridik yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot.
  • Tegishli lavozim uchun belgilangan ish tajribasiga ega bo‘lish.
  • Kreditlash asoslari, bank mahsulotlari va kredit shartnomalari shartlarini bilish.
  • Muddati o‘tgan va muammoli qarzdorliklar bilan ishlash ko‘nikmasi.
  • Muzokaralar olib borish, ishchan muloqot o‘rnatish va nizoli vaziyatlarni konstruktiv hal etish qobiliyati.
  • Analitik fikrlash, diqqatlilik, mas’uliyatlilik va natijaga yo‘naltirilganlik.
  • Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik va tashabbuskorlik.
  • Rasmiy hujjatlar va xizmat yozishmalarini tayyorlash ko‘nikmasi.
  • Bank axborot tizimlari bilan ishlash malakasi.
  • Xizmat zarurati bo‘yicha hududlarga xizmat safarlariga chiqishga tayyorlik.

Afzallik beriladi

  • Muammoli kreditlar va qarzdorliklarni undirish sohasida tajribaga ega nomzodlarga.
  • Sud, MIB, notariat va boshqa tashkilotlar bilan ishlash tajribasiga ega nomzodlarga.
  • Bank qonunchiligi va ichki me’yoriy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega nomzodlarga.

Ish sharoitlari

  • “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda rasmiy ishga qabul qilish.
  • Ish joyi — Toshkent shahri.
  • Bankning ichki tartib-qoidalari va belgilangan mehnat sharoitlari asosida faoliyat yuritish.

Agar Siz mas’uliyatli, tashabbuskor va natijaga intiluvchan bo‘lsangiz, jamoamizga qo‘shiling!





Другие новости

19.10.2026 16:58:48
SQB Mikro va kichik biznes departamentining Biznesni rivojlantirish xizmati katta menejer lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • Mikro va kichik biznes mijozlarini faol jalb qilish, mijozlar bazasini kengayti ...

19.10.2026 16:57:47
SQB Ijroni boshqarish va rivojlantirishni tahlil qilish departamentining Devonxona xizmati ish yurituvchi lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • Bankka kelib tushadigan hujjat va yozishmalarni, jumladan davlat organlari, Markaziy bank va b ...


Дата последнего обновления: 14.10.2026 14:28  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send