“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Undiruv markazi Hududlarda yuridik va jismoniy shaxslarning qarzdorliklarini undirish guruhiga menejer va kichik menejer lavozimlari uchun malakali, mas’uliyatli va tashabbuskor nomzodlarni ishga taklif etadi.
14.10.2026 09:27
Ish joyi
Toshkent shahri.
Ish tajribasiga qo‘yiladigan talablar
- Kichik menejer: kamida 1 yil ish tajribasi.
- Menejer: kamida 2 yil ish tajribasi.
Asosiy vazifalar
- Muddati o‘tgan va muammoli kredit qarzdorliklarini undirish bo‘yicha standart hamda individual strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish.
- Yuridik shaxslarning muddati o‘tgan kredit qarzdorliklarini undirish bo‘yicha o‘z vaqtida va samarali choralar ko‘rish.
- Qarzdorlar, kafillar, birgalikda qarz oluvchilar va garov mulki egalari bilan muzokaralar olib borish hamda qarzdorliklarni so‘ndirish choralarini tashkil etish.
- Qarzdorlarni kredit majburiyatlari, to‘lov muddatlari va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish.
- Talabnoma, ogohlantirish xatlari va boshqa zarur hujjatlarni tayyorlash hamda yuborish.
- Muammoli aktivga aylanish xavfi mavjud kreditlar bo‘yicha erta ogohlantirish signallarini shakllantirish va tegishli tarkibiy bo‘linmalarga taqdim etish.
- Muddati o‘tgan qarzdorliklar ro‘yxatini shakllantirish, ularning holatini tahlil qilish va doimiy monitoringini olib borish.
- Undiruv markaziga o‘tkazilgan, shu jumladan balansdan tashqari hisobga olingan kreditlar bo‘yicha undirish choralarini ko‘rish va ishlar holatini nazorat qilish.
- Sud, notariat, Majburiy ijro byurosi (MIB), sug‘urta tashkilotlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
- Muammoli kreditlar bo‘yicha sud jarayonlari, ijro hujjatlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan bog‘liq ishlarni o‘rganish hamda zarur hujjatlarni tayyorlash.
- Qarzdorliklarni so‘ndirishga qaratilgan bank operatsiyalarini belgilangan tartibda amalga oshirish.
- Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish, xizmat vakolatiga kiruvchi murojaatlarni ko‘rib chiqish va sifatli javoblar tayyorlash.
- Qonunchilik talablariga rioya qilgan holda telefon va boshqa aloqa vositalari orqali muzokaralar olib borish, shuningdek, zaruratga ko‘ra mijozlar manziliga chiqib uchrashuvlar o‘tkazish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
- Iqtisodiy yoki yuridik yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot.
- Tegishli lavozim uchun belgilangan ish tajribasiga ega bo‘lish.
- Kreditlash asoslari, bank mahsulotlari va kredit shartnomalari shartlarini bilish.
- Muddati o‘tgan va muammoli qarzdorliklar bilan ishlash ko‘nikmasi.
- Muzokaralar olib borish, ishchan muloqot o‘rnatish va nizoli vaziyatlarni konstruktiv hal etish qobiliyati.
- Analitik fikrlash, diqqatlilik, mas’uliyatlilik va natijaga yo‘naltirilganlik.
- Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik va tashabbuskorlik.
- Rasmiy hujjatlar va xizmat yozishmalarini tayyorlash ko‘nikmasi.
- Bank axborot tizimlari bilan ishlash malakasi.
- Xizmat zarurati bo‘yicha hududlarga xizmat safarlariga chiqishga tayyorlik.
Afzallik beriladi
- Muammoli kreditlar va qarzdorliklarni undirish sohasida tajribaga ega nomzodlarga.
- Sud, MIB, notariat va boshqa tashkilotlar bilan ishlash tajribasiga ega nomzodlarga.
- Bank qonunchiligi va ichki me’yoriy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega nomzodlarga.
Ish sharoitlari
- “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda rasmiy ishga qabul qilish.
- Ish joyi — Toshkent shahri.
- Bankning ichki tartib-qoidalari va belgilangan mehnat sharoitlari asosida faoliyat yuritish.
Agar Siz mas’uliyatli, tashabbuskor va natijaga intiluvchan bo‘lsangiz, jamoamizga qo‘shiling!

262
Boshqa yangiliklar