Bo'sh ish o'rinlari

SQB Taxiatosh bank xizmatlari markazi boshqaruvchi o‘rinbosari lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.


03.11.2026 17:27


 Asosiy vazifalar:

• Jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bank markazining kundalik faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish.

• Bank biznes-rejasi, rejalashtirilgan ko‘rsatkichlar va strategik vazifalar bajarilishini ta’minlash.

• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari, bank jarayonlari va ichki tartib-qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish.

• Jismoniy va yuridik shaxslarning kredit portfelini tahlil qilish, muammoli qarzdorlikni nazorat qilish va uni undirish choralarini ko‘rish.

• Xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish, individual savdo rejalari va KPI ko‘rsatkichlari bajarilishini nazorat qilish.

• Yangi mijozlarni jalb qilish, bank mahsulotlarini rivojlantirish va markaz daromadliligini oshirish.

• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish, murojaat va shikoyatlarni ko‘rib chiqish.

• Xodimlarni tanlash, o‘qitish va jamoa samaradorligini oshirish ishlarida ishtirok etish.

• Kassa operatsiyalari, naqd pul muomalasi, bankomatlar va ATM qurilmalarining uzluksiz ishlashini nazorat qilish.

• Qonunchilik, Markaziy bank talablari, komplayens va ichki me’yoriy hujjatlarga rioya etilishini ta’minlash.

• Hisobotlar, tahliliy materiallar va faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.


 Talablar:

• Oliy ma’lumot (iqtisodiy yoki boshqa yo‘nalishda).

• Bank tizimida kamida 5 yillik ish tajribasi.

• Bank mahsulotlari, xizmatlari va asosiy bank operatsiyalarini bilish.

• Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlari va tijorat banklarining ichki hujjatlarini bilish.

• Jismoniy va yuridik shaxslarni kreditlash hamda muammoli qarzdorlik bilan ishlash jarayonlarini tushunish.

• Moliyaviy va biznes ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, savdo rejalari va KPI bajarilishini nazorat qilish ko‘nikmalari.

• Jamoani boshqarish va xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish ko‘nikmalari.

• Kassa operatsiyalari va naqd pul muomalasi qoidalarini bilish.

• Mas’uliyatlilik, yetakchilik, tashabbuskorlik, stressga chidamlilik va tahliliy fikrlash.


Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 05.11.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.







Другие новости


Дата последнего обновления: 03.11.2026 17:27  
up