O'zbekiston Energetika Haftaligida - UEW 2024 faol ishtirok etkanligimiz haqidagi taassurotlarimizni katta mamnuniyat bilan baham ko'rmoqchimiz. O'zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligi, O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo Vazirligi, "O'zbekneftgaz" AJ, Savdo-sanoat palatasi va boshqa ixtisoslashtirilgan idoralar ko'magida tashkil etilgan ushbu muhim tadbir energetika sohasidagi yetakchi o'yinchilarni birlashtirdi.
2024-yilning 14-mayidan 16-mayiga qadar uch kun davomida forumda O'zbekiston energetika sohasi va butun Markaziy Osiyo mintaqasini rivojlantirishning dolzarb rejalari muhokama qilindi. "Green Banking" bo'limidagi hamkasblarimiz ham barcha tadbirlarda ishtirok etishdi va barqaror rivojlanish sohasida amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha tajriba bo’lishishdi.
Forum mutaxassislar va turli energetika sohalari vakillari o'rtasida tajriba va g'oyalarni konstruktiv almashish uchun maydonchaga aylandi. Biz an'anaviy va qayta tiklanadigan energiya sohasidagi muhim masalalarni muhokama qildik, hamkorlik istiqbollarini aniqladik va energetika sektorining kelajagini shakllantirishga hissa qo'shdik.
Bunday muhim tadbirda ishtirok etish imkoniyati uchun tashkilotchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Ishonchimiz komilki, bizning umumiy sa'y-harakatlarimiz kelajakda yanada barqaror va samarali energiyani rivojlantirishga yordam beradi.