Bank Kuzatuv kengashi tarkibida ikkita ayol ish faoliyatlarini yuritib kelmoqda. Bu o’z navbatida, boshqaruv tuzilmalariga har ikki jins vakillari teng huquq hamda imkoniyatlarga ega bo’lganligidan dalolat beradi.
Bankning kadrlar strategiyasi gender tengligi talablarini o'z ichiga oladi, bu ishga qabul qilish, martaba rivojlantirish hamda erkaklar va ayollar uchun teng imkoniyatlar yaratish siyosatida namoyon etilgan. Bank tizimida ayol va erkak xodimlar nisbati deyarli bir xil 1:1 bo’lgani, bankda inklyuziv va teng shartlarda ish muhitini yaratish maqsadini aks ettirilib kelmoqda.
Bank ayollarni yetakchi lavozimlarga tayyorlashga qaratilgan Ladies Club kabi tashabbuslarni faol qo'llab-quvvatlaydi. O' zsanoatqurilishbankning rahbarlik lavozimlarida 102 nafar ayol ish yuritib kelmoqda.
Ijtimoiy javobgarlik tizimi doirasida bank ayol talabalarga foizsiz kreditlar berib, ularning ta'limi va kasbiy rivojlanishiga ko'maklashadi. Berilgan kreditlar tufayli har yili o'rtacha 15 ming yangi ish o'rni yaratiladi, shundan 4-5 mingtasini ayollar egallaydi, bu iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy integratsiyaga yordam beradi.
O‘zsanoatqurilishbank o'zining ijtimoiy siyosatini faol rivojlantirishni davom etmoqda, gender tenglik va ayollarni kasbiy yuksalish yo’lida qo'llab-quvvatlab kelmoqda.