Joriy yilning 30-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda barcha viloyatlarda bir vaqtda, bir maqsadda “Chiqindisiz dunyo uchun” shiori ostida keng jamoatchilik ishtirokida ommaviy plogging eko-aksiyasi tashkil etildi. Unda O‘zsanoatqurilishbank asosiy hamkori sifatida faol ishtirok etdi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi ostida o‘tkazilgan ekoaksiyaning asosiy tadbiri Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan “Tuyabo‘g‘iz” suv ombori qirg‘oq bo‘yida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda atrof-muhitni chiqindilardan tozalash ishtirokchilar va ko‘ngilli volontyorlar o‘rtasida musobaqa tarzida tashkil etildi.

Hududda keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi, manzarali archa ko‘chatlari o‘tqazildi.

Ekoaksiya yakunida faol qatnashgan ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ekologiya vazirligi vakillari jamoatchilik tadbirlaridagi hamkorlik uchun O‘zsanoatqurilishbank xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

 

Bank Axborot xizmati