2 000 000 AQSh dollari ekvivalentigacha
Kreditning maksimal miqdori
36 oygacha
Kredit muddati
UZS, USD, EUR
Kredit valyutasi
O‘rta biznes segmenti
Kimga to'g'ri keladi
Kreditning maqsadi:
Valyuta:
Kredit muddati:
Foiz stavkasi:
milliy valyutada (so‘m):
SQB tizimidagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ajratiladigan kreditlar, faktoring va lizing bo‘yicha foiz stavkalaridan kam bo‘lmagan +1,5%
chet el valyutasida (AQSh dollari, yevro):
SQB tizimidagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ajratiladigan kreditlar, faktoring va lizing bo‘yicha foiz stavkalaridan kam bo‘lmagan
Imtiyozli davr:
Kredit miqdori:
Kredit garovi:
Mulk garovining ruxsat etilgan turlari:
Nomulkiy garovlarning ruxsat etilgan turlari:
1. Ariza
2. Qarz/kafolat oluvchi korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisoboti (Bank tomonidan 1 va 2-sonli shakllar DSI maʼlumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno);
3. Oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisoboti;
4. Qarz/kafolat oluvchi korxona taʼsischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi;
5. Boshqa banklardagi hisobraqam aylanmasi (asosiy hisobvarag‘i boshqa bankda boʻlgan holatlarda kartoteka-2 qarzdorligi) toʻgʻrisida maʼlumot;
6. Mahsulot oldi-sotdi yuzasidan rasmiylashtirilgan shartnomalar;
7. Kafolat olish uchun asos hujjatlar, jumladan, elektron tender savdolari platformasidan koʻchirma, tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida (TSOYAEAT) roʻyxatga olingan shartnoma, VMQ-210-sonli Qarorga asosan bojxona ombori toʻlovini yuzasidan aniq taqdim etilgan hisob-kitob va boshqa hujjatlar;
8. Faoliyat joyi bilan bogʻliq (kadastr, ijara shartnomasi, e-auksion dalolatnomasi, hokim qarori va boshqa qonunchilikda taʼqiqlanmagan asoslantiruvchi) hujjatlar, faoliyat joyi talab etilmaydigan holatlar bundan mustasno;
9. Garov obyekti boʻyicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
10. Garov obyekti koʻchmas mulk boʻlgan taqdirda kadastr hujjati (koʻchirma va kadastr pasporti). Shuningdek, yer uchastkasiga boʻlgan huquq ijara boʻlgan holatlarda ijara shartnomasi;
11. Garov obyekti avtotransport vositalari boʻlgan taqdirda transport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (texnik pasport);
12. Garov obyekti maxsus texnika boʻlgan taqdirda maxsus texnikaning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
13. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs (korxona) taʼsischilarining kredit taʼminoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan roziligi;
14. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonaning taʼsis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa);
15. Mulkni garovga beruvchi uchinchi jismoniy shaxs pasport nusxasi, uchinchi yuridik shaxs korxona direktori va bosh buxgalterining (mavjud boʻlsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa);
16. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Kredit/kafolat taʼminoti sifatida kafillik taqdim etilganda (Yuridik shaxs maqomiga ega yoki ega boʻlmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari):
1. Kafil korxona taʼsischilarining kafillik taqdim etish boʻyicha roziligi;
2. Kafil korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisoboti (Bank tomonidan 1 va 2-sonli shakllar DSI maʼlumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno);
3. Kafil korxonaning oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisoboti (Agar korxona oxirgi moliyaviy yildan soʻng davlat roʻyxatidan oʻtgan yoki oxirgi moliyaviy yildan soʻng kredit mablagʻlari olgan boʻlsa);
4. Kafil korxonaning ta‘sis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa);
5. Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining (agar mavjud boʻlsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa);
6. Kafil korxonaning Boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi, kartoteka qarzdorligi toʻgʻrisida maʼlumot;










