Ushbu loyiha Prezidentning 2024-yil 21-fevraldagi farmoniga muvofiq "O'zbekiston-2030" davlat strategiyasi dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Bu O'zbekiston aholisini har oyning bir ish kuni davomida avtomobillardan foydalanishdan tiyilishga chaqiradi.

Tadbirning asosiy maqsadi chiqindi gazlarning atrof — muhitga salbiy ta'sirini kamaytirishdir.

"Yashil" iqtisodiyot tamoyillariga amal qilib, mamlakatning ekologik barqarorligiga hissa qo'shgan holda, "O'zsanoatqurilishbank" ushbu tashabbusda faol ishtirok etmoqda. Aksiya kuni bankning to'xtash joylariga kirish imkoniyati cheklandi, bu esa xodimlarni jamoat transporti, velosiped va boshqa ekologik toza transport vositalaridan foydalanishga undadi.




Oxirgi yangilanish sanasi: 28.08.2024 11:35  
up