ESG majburiyatlarining bir qismi sifatida bank sog'liqni saqlash infratuzilmasini faol ravishda qo'llab-quvvatlaydi va har yili 50 million dollarga teng mablag' ajratadi. Ushbu moliyaviy hissa sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish orqali sog'liqni saqlash tizimlarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan.

Bank, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalari ya’ni alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish punktlarini kreditlashdan bosh tortish siyosatini qabul qilib, jamiyat salomatligi va farovonligini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan pozitsiyasini ta'kidladi.

O'zsanoatqurilishbank o'z xodimlarining sog'lig'ini ta'minlash uchun, turli kasalliklarni oldini olish va davolashni qamrab oluvchi tibbiy sug'urta rasmiylashtiradi.

Bundan tashqari, bank har yili atmosfera, suv, tuproq va biologik xilma-xillikka salbiy ta'sirini kamaytirishga qaratilgan kreditlar berish uchun 25 million dollar ajratadi. Ushbu chora-tadbirlar ekologik izni kamaytirishga yordam beradi va tabiiy resurslardan barqaror foydalanishni qo'llab-quvvatlaydi.

Shunday qilib, O'zsanoatqurilishbank sog'lom turmush tarzi va farovonligini qo'llab-quvvatlash uchun ESG amaliyotlarini o'z operatsion faoliyatiga faol joriy etmoqda.




Oxirgi yangilanish sanasi: 10.07.2024 12:13  
up