Aholiga ipoteka krediti banklar tomonidan to‘lovlilik, qaytarishlik, ta’minlanganlik va muddatlilik shartlarida:
-qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilib yakka tartibda uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash;
- yangi qurilgan yoki ikkilamchi bozordan yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish;
- yangi qurilgan yoki ikkilamchi bozordan yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uyni o‘zining mavjud uy-joyi yoki ko‘p kvartirali uyiga almashtirishga;
-boshqa banklar tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlarini mijozlarga qulay shartlarda qayta moliyalashtirish.
Ayni paytda "O ʼzsanoatqurilishbank" quyidagi ipoteka kreditlash dasturlarini taklif etadi:
1. Yangi binoda uy-joy ipotekasi: - kredit miqdori-416,5 mln soʻmgacha; — kredit muddati-20-yilgacha; — boshlangʻich toʻlov-15% dan.
2. Uy — joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka: — kredit miqdori — 327,2 mln soʻmgacha; — kredit muddati — 20-yilgacha; — boshlangʻich toʻlov-15% dan.
3. Xususiy uyni qurish va taʼmirlash uchun kredit: - kredit miqdori - 60 mln soʻmgacha; — kredit muddati-10-yilgacha; — boshlangʻich toʻlov-15% dan.
Boshlangʻich toʻlov - bu qarz oluvchi tomonidan o’z mablag’lari hisobidan olinayotgan ipoteka kreditining ma’lum bir qismini qoplash uchun shakllantirgan pul mablag’I tushuniladi. Bunday holda, ipoteka kreditini rasmiylashtirishda mijoz tomonidan ipoteka krediti hisobiga sotib olinayotgan turar joy mulki qiymatining ma’lum bir qismini shakllantiradi.
Ha. "Har qanday uy-joy uchun ipoteka" shartlarini koʻrib chiqing.
Yoʻq. Yaqin qarindoshlar oʻrtasida turar joyni ipoteka krediti hisobiga sotib olish uchun ipoteka krediti rasmiylashtirilmaydi.
Yoʻq. Sizning kredit tarixingiz ijobiy boʻlishi kerak. Shuningdek, ariza berish paytida amaldagi kredit shartnomalari boʻyicha muddati oʻtgan qarzlar boʻlmasligi kerak.
Kredit 18 yoshga toʻlgan, ammo 60 yoshdan oshmagan (60 yosh ham kiradi) odamlarga beriladi.
Arizani koʻrib chiqishda rasmiy daromad hisobga olinadi. Bularga quyidagilar kiradi:
- asosiy ish joyidagi ish haqi;
- yoshga doir pensiya;
- tadbirkorlik faoliyatini yuritishdan olingan daromadlar (YaTT hisob raqami pul aylanmasi).