“KARAKALPAK SEMENT”: 3-bosqich ishlab chiqarish samaralari


17.07.2023 17:15

“KARAKALPAK SEMENT”: 3-bosqich ishlab chiqarish samaralari

Joriy yilning 17-iyul kuni Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumanidagi “KARAKALPAK SEMENT” qoʻshma korxonasiga press-tur tashkil etildi. Unda jurnalistlar zavodning “Sement ishlab chiqarishni kengaytirish” loyihasi 3-bosqich natijalari bilan tanishtirildi.

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan respublikamizda qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirish, sohada innovatsion va investitsion loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, bunda xorijiy investorlar hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengashtirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Buning samarasida oʻtgan yilda qiymati 1 846,7 mln. dollar boʻlgan 576 ta loyiha ishga tushirildi, 15 mingdan ziyod ish oʻrni yaratildi.

“KARAKALPAK SEMENT” qoʻshma korxonasiga tegishli loyiha shular sirasiga kiradi.

Zavod hududi 31,3 gektar, uni toʻliq quvvatda ishga tushirish uchun 705,0 mlrd. soʻm mablagʻ sarf etildi. Shundan 35 mln. yevro bank krediti hisoblanib, ushbu mablagʻlarga xorijdan texnologik uskunalar keltirildi.

– Mahsulotlarimiz toʻliq mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqarladi, – deydi “KARAKALPAK SEMENT” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Farruh Sharapov. – Dastlab bu yerda yiliga 400 ming tonna sement ishlab chiqarilgan boʻlsa, loyihamizning 3-bosqichini amalga oshirish natijasida bu koʻrsatkich 1,4 mln. tonnaga yetdi, ishchilar soni esa, 2 baravardan oshdi (640 nafar). Zavod toʻliq koʻmirda ishlagani bois katta miqdorda yoqilgʻi iqtisod qilishga erishildi.

Taʼkidlash joiz, bank tomonidan “KARAKALPAK SEMENT” qoʻshma korxonasi bilan tatbiq etilgan har bir loyiha “yashil” loyihalar sanaladi. Sababi, zavodga oʻrnatilgan texnologik liniyalar “yashil iqtisodiyot” mezonlariga javob beradi. Energiya tejamkor hamda ekologiya va atrof-muhit zararlanishini kamaytirish xususiyatiga ega. Shuningdek, u yerda quyosh (20 MVt) va shamol (300 mVt.) elektr stansiyalari oʻrnatish rejalashtirilgan boʻlib, ayni paytda bu borada hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

– Bugungi kunda sementning koʻp turlari mavjud, ular tez va sekin qotishi bilan xarakterlanib, har biri oʻziga xos, har birining oʻz xaridori bor, – deydi Farruh Sharapov. – Umumiy talab esa sifati bilan bogʻliq. Shu bois biz oʻz bozor mavqeimizni mustahkamlash yoʻlida barcha zarur choralarni koʻrib borayapmiz. Mahsulot sifatini taʼminlash maqsadida laboratoriya markazini barpo etganmiz.

Press-tur davomida jurnalistlarga korxona faoliyatiga oid maqsad va rejalar haqida ham maʼlumot berildi. Loyiha davom ettirilib, uning 4-bosqichida ishlab chiqarish jami 3,6 mln. tonnaga, ish oʻrni mos ravishda 1200 nafarga yetkazilishi maʼlum qilindi. Endilikdagi muhim yoʻl – xorij bozoriga chiqish ekanligi taʼkidlandi.

 

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

12/19/2025 04:49:59 pm
Har juma – milliy liboslar kuni!

O‘zsanoatqurilishbankda har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi ...

12/18/2025 02:42:23 pm
Korrupsiya holatiga duch keldingizmi? Xabar bering — adolatni tanlang!

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat.  Sen boshla – sening ortingdan boshqal ...

12/17/2025 04:13:02 pm
SQB KICHIK BIZNES UCHUN RAQAMLI BANK YARATMOQDA

Mamlakatimiz bank sektorida raqamli o‘zgarishlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “2020 ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.10.2025 17:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo