Maqsad — ayollar tadbirkorligini rag‘batlantirish


07.05.2025 15:52

Maqsad — ayollar tadbirkorligini rag‘batlantirish

O‘zsanoatqurilishbank hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlik Prezidentimizning “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Hujjat, eng avvalo, ayollar tadbirkorligini har tomonlama rivojlantirish, moliyaviy savodxonligini oshirish va turli muammolarga duch kelayotgan biznes subyektlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Hamkorlik doirasida qator amaliy yo‘nalishlar belgilandi. Jumladan, ayol tadbirkorlarga kredit ajratish, ularning moliyaviy bilimlarini oshirish, xorijiy ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.
Ushbu tashabbusning yana bir muhim jihati — qurilish va sanoat sohalaridagi tadbirkor ayollar loyihalarini faol qo‘llab-quvvatlashdir. Shu maqsadda, ana shu sohalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida forum tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu tadbir nafaqat tajriba almashish maydoni, balki yangi biznes g‘oyalarni amalga oshirish uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi.

“Qolaversa, ayollar salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish — nafaqat ijtimoiy tenglik, balki barqaror iqtisodiy taraqqiyotning ham asosiy omilidir. Shu ma’noda, ushbu hamkorlik iqtisodiy faollikni oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va inklyuziv tadbirkorlik muhitini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi”, dedi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari F.Abdurahmonov.

                                                                                                                                                                                                                  Bank axborot xizmati




Boshqa yangiliklar

12/19/2025 04:49:59 pm
Har juma – milliy liboslar kuni!

O‘zsanoatqurilishbankda har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi ...

12/18/2025 02:42:23 pm
Korrupsiya holatiga duch keldingizmi? Xabar bering — adolatni tanlang!

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat.  Sen boshla – sening ortingdan boshqal ...

12/17/2025 04:13:02 pm
SQB KICHIK BIZNES UCHUN RAQAMLI BANK YARATMOQDA

Mamlakatimiz bank sektorida raqamli o‘zgarishlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “2020 ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.10.2025 17:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo