“SQB Business” internet bank dasturi “Dibank” xizmatiga ulandi


04.04.2023 18:10

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida “SQB Business” internet bank dasturining “Dibank” xizmatiga integratsiya ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Endilikda bank mijozlari boʻlgan yirik korxonalar va tadbirkorlik subyektlari toʻlovlar bilan bogʻliq amaliyotlarni oson amalga oshiradi.

Xizmatlar bozorida innovatsion yondashuvlar, ayniqsa, bank sohasida koʻp koʻzga tashlanmoqda. Texnologik tendensiyalar, isteʼmolchilar talabining oʻsishi va tizimni transformatsiya qilish zarurati bu borada muhim omildir.

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan ham mijozga yoʻnaltirilgan qator innovatsion loyihalar tatbiq etilmoqda. Ulardan biri – “Dibank” xizmati.

Xizmat yordamida endi barcha bank hujjatlari toʻgʻridan-toʻgʻri “1C” yoki “Didox” dasturidan yuboriladi va qabul qilinadi.

Bu bilan korxonalarning toʻlovlar bilan bogʻliq amaliyotlari teng yarmiga qisqaradi, toʻlovlar yanada xavfsizroq boʻladi, jarayonda inson omili va xarajatlar kamayadi.

Xizmatdan foydalanish uchun mijozlar oʻzlarining “1C” dasturida “Dibank” hisobini yaratishi va tizimga bankni qoʻshishi lozim boʻladi.

Shundan soʻng ular quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

– “SQB Business” dasturidan hisobotni yuklamasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri bank koʻchirmasini olish;

– tayyor toʻlov topshiriqnomalarini, shuningdek, ish haqi boʻyicha koʻchirmalarni bank tizimida qoʻlda takrorlamasdan darhol “1C”dan yuborish.

Shuningdek, ushbu xizmat bilan kiruvchi toʻlovlar, memorial orderlar, toʻlov talabnomalari va inkassa topshiriqlari boʻyicha hisobdan chiqarishlar osonlashtirildi. Plastik kartalarga oylik maoshlarni tushirish boʻyicha reyestr shakllantirish uchun vaqt sarflashning oldi olindi.

Batafsil ma’lumotni dibank.uz saytida yoki Bank aloqa markazi (1180, 71 200-43-43) orqali olish mumkin.

Bank Axborot xizmati






Boshqa yangiliklar

12/19/2025 04:49:59 pm
Har juma – milliy liboslar kuni!

O‘zsanoatqurilishbankda har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi ...

12/18/2025 02:42:23 pm
Korrupsiya holatiga duch keldingizmi? Xabar bering — adolatni tanlang!

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat.  Sen boshla – sening ortingdan boshqal ...

12/17/2025 04:13:02 pm
SQB KICHIK BIZNES UCHUN RAQAMLI BANK YARATMOQDA

Mamlakatimiz bank sektorida raqamli o‘zgarishlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “2020 ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.10.2025 17:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo