«O‘zsanoatqurilishbank» Koreyaning bank-moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda


20.04.2019 10:06

«O‘zsanoatqurilishbank» Koreyaning bank-moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkentda Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In davlat tashrifi asnosida 17 aprel kuni O‘zbekiston va Janubiy Koreya ishbilarmon doiralari vakillarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Biznes-forumda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar, savdo, bank-moliya va sanoat tarmoqlari uchun mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralar, kompaniya va kontsernlar bilan birga “O‘zsanoatqurilishbank” ATB vakillari ishtirok etdi.

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Koreyaning Shinhan Bank, KEB Hana Bank va Eksimbank kabi bank-moliya institutlari bilan faol hamkorlik qiladi. Industrial Bank of Korea (IBK), KEB Hana Bank, KB Kookmin Bank, Woori Bank, Citibank Koreava va Korea Exchange Banki bilan korrespondentlik munosabatlariga ega.

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB va Shinhan Bank Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlardan texnologik uskunalar importini nazarda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirishga qaratilgan 60 mln. AQSh dollari miqdorida savdo moliyalashtirish bo‘yicha Bazaviy bitimni imzolagan.

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB va KEB Hana Bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan mehnat migrantlari uchun KEB Hana Bankning bankomatlar (Easy-one service) orqali amalga oshirilayotgan o‘tkazmalar uchun vositachilik narxini pasaytirgan holda «Easy-one Banking Remittance» (SWIFT tizimi orqali hisob raqamidan hisob raqamiga o‘tkazmalar) va mobil ilovalar (KEB Hana mobile banking) kabi mahsulotlaridan foydalanish imkonini nazarda tutuvchi bitimni imzoladi. Hozirga qadar Koreyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalar bo‘yicha test tranzaktsiya muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bugungi kunda tomonlar mijozlar o‘rtasida mazkur mahsulotni ilgari surish bo‘yicha marketing tadbirlarini o‘tkazmoqda.

Shuningdek, Koreya Eksimbanki kredit liniyasi hisobiga loyihalar faol moliyalashtirilmoqda.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

12/19/2025 04:49:59 pm
Har juma – milliy liboslar kuni!

O‘zsanoatqurilishbankda har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi ...

12/18/2025 02:42:23 pm
Korrupsiya holatiga duch keldingizmi? Xabar bering — adolatni tanlang!

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat.  Sen boshla – sening ortingdan boshqal ...

12/17/2025 04:13:02 pm
SQB KICHIK BIZNES UCHUN RAQAMLI BANK YARATMOQDA

Mamlakatimiz bank sektorida raqamli o‘zgarishlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “2020 ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.10.2025 17:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo