Joriy yilning 3-sentyabr kuni Singapur shahrida Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning “Savdo va ta’minot zanjirini moliyalashtirish dasturi” bo‘yicha 10 yillik sarhisob tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida O‘zsanoatqurilishbank “Savdoni moliyalashtirish bo‘yicha yilning eng yaxshi loyihasi” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.
O‘zsanoatqurilishbank va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlik ko‘lami keng. Bugungi kunda tomonlar o‘rtasida umumiy qiymati qariyb 150 mln. dollarlik loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Tadbir davomida so‘nggi bir yilda OTB tomonidan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalar va eng faol banklarni taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Unda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan OTB ko‘magida Italiyaning “Banca Popolare di Sondrio” bilan savdo va investitsiyaviy moliyalashtirish sohasida tuzilgan bitim dunyo bo‘yicha e’tiborga molik deb topilib, “Savdoni moliyalashtirish bo‘yicha yilning eng yaxshi loyihasi” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Taqdirlash marosimida, shuningdek bankning O‘zbekistonda energiya samarador, “yashil” loyihalarni moliyalashtirishda yetakchi ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Tadbirda dunyoning yetakchi banklaridan 200dan ziyod vakillar ishtirok etdi.
Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbankda har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi ...
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqal ...
Mamlakatimiz bank sektorida raqamli o‘zgarishlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “2020 ...

