O‘zsanoatqurilishbankda Do‘ppi Challenge: Milliy qadriyatlar va bahoriy kayfiyat!
07.03.2025 21:37
O‘zsanoatqurilishbank Korporativ markazida o‘tkazilgan Do‘ppi Challenge nafaqat milliy madaniyatimizni ulug‘lash, balki yoshlarni milliy qadriyatlarimizga yaqinlashtirish uchun yorqin voqeaga aylandi.
Bank xodimlari milliy liboslarda, do‘stona muhit yaratgan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatib, bayramona kayfiyat ulashdilar. Ushbu tadbir bank va mijozlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlab, bankning jamiyatdagi ijobiy imijini mustahkamlashga xizmat qildi.
Milliy qadriyatlarimizni birgalikda asraylik va ommalashtiraylik!