
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosi yo‘lida 200ga yaqin mahalla bankirlari hamda 700dan ziyod yordamchi-agentlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Prezidentimiz raisligida 2024-yil 16-dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida banklar faoliyati mahallagacha tushirilgani katta natija berayotgani qayd etilib, mutasaddilarga ushbu ijobiy tajribalarini kengaytirish, mavjud muammolarini hal qilish borasida topshiriqlar berildi.
2025-yilda jami 5 million 200 ming nafar, jumladan, banklar tomonidan 3 milliondan ziyod aholini band qilish yuzasidan reja ko‘rsatkichlari belgilandi.
Shunga ko‘ra, bugungi kunda O‘zsanoatqurilishbankka biriktirilgan 711 ta mahallada aniqlangan 400 ming nafar aholini doimiy ish va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Bu borada rejalashtirilgan qariyb 12 trln. so‘mlik kredit mablag‘larini samarali yo‘naltirish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, davlatimiz rahbari ko‘rsatmasiga binoan ishlab chiqilgan “mahalla loyihasi” dasturi doirasida bankning hududiy tarmoqlarida “mahallabay ishlash” bo‘limlari tashkil etildi. 200ga yaqin mahalla bankirlari hamda 711 nafar yordamchi-agent ish boshladi.
Ayni paytda ular hududlarning biznes imkoniyatlarini o‘rganish, har bir fuqaro bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning g‘oyalarini loyihalarga aylantirish, yaratilgan biznes loyihalarini esa samarali boshqarishga ko‘maklashmoqda.
Aholiga biznes yuritish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarini sotish, kredit, depozit, faktoring kabi manfaatli bank xizmatlari haqida tushunchalar berib, ularning moliyaviy-huquqiy savodxonligini oshirishga yaqindan yordam bermoqda.
Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbankda har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi ...
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqal ...
Mamlakatimiz bank sektorida raqamli o‘zgarishlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “2020 ...

