Sirdaryo viloyatida SQB korporativ mijozlari uchun servis va kiberxavfsizlik mavzusida samarali uchrashuvlar o‘tkazildi
20.05.2025 14:03
O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tomonidan Sirdaryo viloyatidagi yirik korxona va tashkilotlar xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, moliyaviy xizmatlardan samarali foydalanish va kiberxavfsizlikni ta’minlash borasida keng qamrovli ma’lumotlar berildi.
Bankning Korporativ markazi xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu sa’y-harakatlar korporativ mijozlar bilan hamkorlikni yana-da mustahkamlash, jismoniy shaxslar uchun bank xizmatlarini targ‘ib qilish hamda aholi o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan.
Navbatdagi tadbirlar “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Hududiy gaz ta’minoti” AJ filiallari va “Sirdaryo Mega Lyuks” MChJ xodimlari ishtirokida o‘tkazilib, ularga bankning zamonaviy xizmatlari va mahsulotlari, ayniqsa “Ish haqi” loyihasi doirasidagi qulaylik va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Shu bilan birga, bugungi kunda juda muhim hisoblangan kiberxavfsizlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Xodimlarga shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, onlayn moliyaviy operatsiyalarni xavfsiz amalga oshirish, elektron firibgarlik (frod), fishing va boshqa kiberhujumlardan himoyalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Umumiy muloqot jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi, shuningdek, fikr va takliflari ham inobatga olindi.
Mazkur uchrashuvlar O‘zsanoatqurilishbankning mijozlarga yaqinlashish, ularni yuqori saviyada xizmatlar bilan ta’minlash, shu orqali moliyaviy xizmatlardan ongli va xavfsiz foydalanishni rag‘batlantirish borasidagi izchil va tizimli faoliyatining yorqin namunasi bo‘ldi.
Bank axborot xizmati

921
Boshqa yangiliklar
12/19/2025 04:49:59 pm
Har juma – milliy liboslar kuni!
O‘zsanoatqurilishbankda har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi ...