


O‘zsanoatqurilishbank tomonidan hududlarda “yashil binolar” va yakka tartibdagi aholi xonadonlarida energiya samaradorlikni oshirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Prezidentimizning joriy yil 11-martdagi “Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bank tomonidan hududlarda keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Buxoro, Navoiy, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan tadbirlar davomida aholi va tadbirkorlarga “yashil” binolar ahamiyati, resurs tejamkor texnologiyalar afzalliklari va ushbu sohada hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
– Hozirgi kunda “yashil” kreditlar orqali yurtdoshlarimiz nafaqat elektr energiyasini tejashga, balki uy-joylarini zamonaviy standartlarga mos ravishda qurish, ta’mirlash va shu orqali ekologik toza hamda barqaror turmush tarziga o‘tish imkoniga ham ega bo‘lmoqda, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB “Green banking” departamenti direktori Bobur Sultonmurodov. – Biz bu kabi tadbirlarda bank tomonidan taklif etilayotgan qulay moliyaviy yechimlar, xususan, “Green komfort”, “Green loan”, “Corporate green loan” kabi mahsulotlar haqida batafsil ma’lumot beryapmiz. Mazkur mahsulotlar orqali aholi va tadbirkorlar quyosh, shamol, biogaz uskunalari, issiqlik nasoslari kabi qurilishda keng qo‘llaniluvchi materiallar kabi “yashil” texnologiyalarni xarid qilishi mumkin.
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu sa’y-harakatlar aholiga moliyaviy yordam berish bilan birga, ularda ekologik madaniyatni yuksaltirish, barqaror kelajakka bo‘lgan munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bank axborot xizmatiO‘zsanoatqurilishbankda har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi ...
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqal ...
Mamlakatimiz bank sektorida raqamli o‘zgarishlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “2020 ...

