"Ezgulik sari" xayriya tadbiri


19.02.2018 16:35

Ezgulik – bu inson qalbining nuri va iliqligi bilan atrofdagi odamlarga mehr ulashish desak adashmagan bo’lamiz. Bunday iliqlikni his qilish katta baxtdir. Ota-onasi, aka-ukasi va opa-singillari bor kishi yaqinlarining qalbidan taraloyotgan bu issiqlikni his etadi. Afsuski, hamma ham o’z oilasiga ega emas. Shunday odamlar uchun yaqinlarining mehrisiz bu yorug’ dunyoda yashash murakkabdir.

Mamlakatimiz bolalar ijtimoiy muassasalari tarbiyalanuvchilari ham bundan istisno emas. Ular oddiy odamlarning ezguligi, yaxshiligi va tabassumlari, hatto oddiy yordamga ham muhtojdirlar. Shu maqsadda amalga oshirilayotgan xayriya tadbirlari mehribonlik uylarida taqsil olayotgan bolalarga mehr va e'tibor ko'prigi sifatida xizmat qiladi.

Shu asnoda, Toshkent viloyati Bo'ka tumanining 15-sonli mehribonlik uyida "O'zsanoatqurilishbank" ATB Yoshlar Ittifoqi Yetakchilar Kengashining tashabbusi bilan 2018-yil 17-fevral kunida ushbu muassasa ehtiyojlarini qondirish maqsadida Bank tomonidan iste'mol tovarlari, oshxona anjomlari va maishiy uskunalarni topshirishga qaratilgan xayriya tadbiri bo'lib o'tdi. O'z navbatida, bank xodimlari ham bu xayriya tadbiriga o’z hissalarini qo'shgan holda, Mehribonlik uyining besh yoshdan o'n olti yoshgacha bo’lgan 170 nafar bolalari uchun moddiy mablag'lar, kitoblar, gigiena mahsulotlari va kiyim-kechak topshirdilar.

Tadbir davomida “Muqumiy” teatri ijodiy jamoasining bayramona dasturi taqdim etildi. O'z navbatida, Mehribonlik uyining tarbiyalanuvchilari ham mehmonlarga o’zlari tayyorlagan chiqishni namoyish etishdi.

Shuningdek, xayriya tadbirining tashabbuskorlari tomonidan xayriya uchun bayramona dasturxoni tashkil qilindi.

Ushbu xayriya tadbirini o'tkazish bolalar ijtimoiy muassasalarining tarbiyalanuchilari uchun ezgulik va saxiylik, mehr va g'amxo'rlikni his qilish imkonini yaratdi.

"O'zsanoatqurilishbank" ATB matbuot xizmati

Bog'lanish:

Matbuot kotibi - Rustam Rahimov






Boshqa yangiliklar

10/27/2025 12:38:07 pm
Jamoa bilan ishlash – samarali xizmat garovi

SQB tomonidan mahalla bankirlari va yordamchi-agentlar uchun o‘tkazilayotgan timbildinglar davom etmoqda. ...

05/13/2025 02:06:12 pm
«Global Money Week" doirasida yoshlar moliyaviy bilimlarini rivojlantirish yo'lida

Qashqadaryo viloyatidagi 50-umumta'lim maktabida xalqaro "Global Money Week" haftaligi doirasida o'quvchilarning moliyav ...

04/25/2025 03:35:28 pm
“Umumjahon pul haftaligi-2025” doirasida yoshlarning moliya ilmi va tarixiga oid ongi shakllanmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda “Umumjahon pul haftal ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.10.2025 17:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo