“O'zsanoatqurilishbank” ATB yosh xodimlari va Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri ijodkorlari bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi


25.10.2017 13:43

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2017 yil 3 avgust kuni poytaxtimizda O’zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan bo’lib o’tgan videoselektor yig’ilishida so’zlagan nutqida bugun ma'rifatli dunyoda katta bir an'anaga aylangan tashabbus – yirik kompaniyalar, banklar, firmalarning madaniy tashkilotlarga homiylik qilishini mamlakatimiz hayotida ham yo’lga qo’yish masalasini o’rtaga tashlagan edi.

Unda davlatimiz rahbari ajdodlarimiz o’z davrida yaratgan ilmiy va ijodiy maktablarning vujudga kelishida avvalo ana shunday ma'rifatparvar homiylarning hissasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini ta'kidlab, yurtimizdagi etakchi ijodiy tashkilotlarning “Do’stlari klublari”ni tashkil etgan holda ularga yirik korxona, bank va kompaniyalarni homiy sifatida biriktirib, shartnoma asosida doimiy hamkorligini ta'minlash taklifini bildirdi.

Shundan e'tiboran, “O’zsanoatqurilishbank” ATB Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri bilan yoqindan hamkorlik qilib kelimoqda.

Jumladan, Bank xodimlari teatri ijodkor va aktyorlari tomonidan sahnalashtirilayotgan spektakllarni oilaviy tomosha qilib, dam olish kunlarini hamda ishdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazib kelmoqdalar.

O’zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida, O’zbekiston yoshlar ittifoqining “O’zsanoatqurilishbank” ATB dagi Etakchilar kengashi faollari tashabbusi bilan Bankning 400 nafardan ziyod yosh xodimlari va teatrning ijodiy jamoasi ishtirokida ijodiy kecha bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida, teatr direktori O’zbekiston xalq artisti Mirza Azizov hamda uning jamoasi Bankning yoshlari bilan suhbatlasharkan, xalqimizning boy madaniy merosi va an'analarini asrab-avaylash, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlodimizni milliy va umumbashariy qadriyatlar, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida kamol toptirish, yosh iste'dodlarni tarbiyalash borasidagi kino va teatrning ulkan xizmatlari to’g’risida so’z yuritdi.

Shuningdek, teatr aktyorlari ishtirok etgan spektakl xamda filmlardagi rollari to’g’risida to’xtalib, qiziqarli voqealar haqida gapirib berdilar, yoshlar esa o’zlarni qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Ijodiy uchrashuv so’ngida, teatr ijodkorlari tomonidan tayyorlangan spektakllardan parcha namoyish etildi. O’z navbatida, Bank xodimlari ham teatr aktyorlariga o’zlarining esdalik sovg’alarini topshirishdi.

“O’zsanoatqurilishbank” ATB Axborot xizmati
120-35-80, (93) 753-20-71
O’zbekiston yoshlar ittifoqining
“O’zsanoatqurilishbank” ATBdagi
Etakchilar kengashi Raisi
Matnazarov Jasurbek Shuhratovich





Boshqa yangiliklar

10/27/2025 12:38:07 pm
Jamoa bilan ishlash – samarali xizmat garovi

SQB tomonidan mahalla bankirlari va yordamchi-agentlar uchun o‘tkazilayotgan timbildinglar davom etmoqda. ...

05/13/2025 02:06:12 pm
«Global Money Week" doirasida yoshlar moliyaviy bilimlarini rivojlantirish yo'lida

Qashqadaryo viloyatidagi 50-umumta'lim maktabida xalqaro "Global Money Week" haftaligi doirasida o'quvchilarning moliyav ...

04/25/2025 03:35:28 pm
“Umumjahon pul haftaligi-2025” doirasida yoshlarning moliya ilmi va tarixiga oid ongi shakllanmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda “Umumjahon pul haftal ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.10.2025 17:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo