Yashil krediti ijtimoiy va ekologik ahamiyatga ega biznes loyihalar uchun
Kredit maqsadi |
Energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilmalarini sotib olish, eko-transport ishlab chiqarish va sotib olish, mavjud binolarni energiya tejamkorga o‘zgartish, chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash, suvdan oqilona foydalanish hamda energoaudit o‘tkazish xarajatlarini moliyalashtirish hamda boshqa “yashil” loyihalarni moliyalashtirish |
Kredit muddati |
Ochiq/yopiq kredit liniyasi orqali aylanma mablag’larni to’ldirish uchun - 12 oygacha |
Asosiy qarzdorlik bo‘yicha imtiyozli davr |
Aylanma mablag’larni to’ldirish uchun milliy va xorijiy valyutada – 3 oygacha; |
Asosiy qarz va foiz larni to‘lash davriyligi |
Bankning o’z mablag’lari hisobidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar uchun (differensial va annuitet to’lov usulida):
Jalb qilingan mablag’lar hisobidan ajratiladigan kreditlar uchun - jalb qilingan liniya shartlariga muvofiq |
Pul birligi | So‘m, AQSh dollari, yevro |
Kreditning maksimal miqdori |
15 000 000 AQSH dollari ekvivalent |
Kredit foiz stavkasi | “O’zsanoatqurilishbank” ATB tizimida yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ajratiladigan kreditlar, faktoring va lizing amaliyotlari bo’yicha foiz stavkalari”ni belgilash bo’yicha Boshqaruv qarorida o’rnatilgan miqdorda
|
Kredit manbasi |
Bank o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar. |
Mijozning loyihadagi ulushi | 30% dan kam bo‘lmagan qiymatda |
Mahsulot bo‘yicha ta’minot |
Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda |
Qo'shimcha shartlar
Loyiha natijasida:
- kamida 20% lik energiya tejamkorligiga erishilishi;
- yoki atrof muhitga tarqalayotgan uglikisli gaz miqdori 20% ga kamayishi; va/yoki tabiiy resurslardan foydalanishda tejamkorlikga erishilishi; va/yoki atrof muhitga yetkaziladigan zararning kamaytirilishi; va/yoki boshqa “yashil” maqsadlarga erishilishi.
(Loyiha jalb qilingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan hollarda, mazkur jalb qilingan liniya talablariga muvofiq qo‘shimcha shartlar bajarilishi ham talab etilishi mumkin.)
1. Ariza;
2. Qarz oluvchi korxona taʼsischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (Xususiy korxonalar mustasno);
3. Qarz oluvchi korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Bank tomonidan 1- va 2-sonli shakllar DSI maʼlumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno hamda moliyaviy tahlil qilmagan holda kredit ajratilishida talab etilmaydi);
4. Oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (mijoz moliyaviy faoliyat davri ushbu davrni qoplamagan holatlarda tezkor tayyorlangan buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti taqdim etiladi);
5. Boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi to‘g‘risida maʼlumot;
6. Mahsulot sotib olish uchun mahalliy korxonalar bilan oldi-sotdi shartnomasi yoki chet el korxonalari bilan import shartnomasi nusxasi (Shartnomada yoki uning spetsifikatsiyasida asosiy vositaning quvvati, modeli, miqdori, ishlab chiqarilgan yili va xarakteri, qoramol sotib olinayotganda uning nasli, jinsi va og‘irligi, maxsus texnika sotib olinayotganda uning texnik xususiyatlari ko‘rsatilishi lozim);
7. Qarz oluvchi korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi;
8. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa hujjatlar xam so‘ralishi mumkinKredit taʼminoti sifatida mulk taqdim etilganda.
Kredit taʼminoti sifatida mulk taqdim etilganda:
1. Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
2. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs (korxona) taʼsischilarining kredit taʼminoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan roziligi;
3. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonaning taʼsis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
4. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa).
Kredit taʼminoti sifatida kafillik taqdim etilganda:
1. Kafil korxona taʼsischilarining kafillik taqdim etish bo‘yicha roziligi;
2. Kafil korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Bank tomonidan 1- va 2-sonli shakllar DSI maʼlumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno)
3. Kafil korxonaning oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Agar korxona oxirgi moliyaviy yildan so‘ng davlat ro‘yxatidan o‘tgan yoki oxirgi moliyaviy yildan so‘ng kredit mablag‘lari olgan bo‘lsa);
4. Kafil korxonaning taʼsis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
5. Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining (agar mavjud bo‘lsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
6. Kafil korxonaning Boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi, kartoteka qarzdorligi to‘g‘risida maʼlumot.
1. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi;
2. O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi;
3. Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi;
4. O‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
5. 2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
6. KATM maʼlumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari hamda o‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;
7. Kreditlar bo‘yicha oxirgi 60 oy ichida:
30+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 15 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
60+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
90+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklarga umuman yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi;
Sud jarayonidagi (судебных) kredit qarzdorliklariga umuman yo’l qo’yilmagan bo’lishi;
Balansdan tashqari (списанных, задерживает списанный ПКНТ) hisob raqamga olingan kredit qarzdorliklariga umuman yo’l qo’yilmagan bo’lishi.
8. Oxirgi 12 oyda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida oydan oyga o‘tgan kredit bo‘yicha to’lovlar (asosiy qarz va/yoki foiz) 3 martadan ko‘p bo‘lmasligi;
9. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik va hisoblangan foiz qarzdorligi bo‘yicha oraliq hamda yakuniy to‘lov muddatini uzaytirish holatlari mavjud bo‘lmasligi; (bundan Hukumat qarorlariga asosan muddati uzaytirilgan holatlar mustasno)
10. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan kollegial organ tomonidan belgilangan shartlarini bajarmaslik holatlari mavjud bo‘lmasligi;
11. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik bo‘yicha shartlari qayta ko‘rib chiqilgan va muddati uzaytirilgan foiz qarzdorliklari hisobvaraqlarida qoldiq mavjud bo‘lmasligi;
12. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan maqsadsiz ishlatilganlik holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim (Maqsadli ishlatilganlik yuzasidan tekshiruv Kreditlarni boshqarish bo‘limining maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnomaga asosan amalga oshiriladi. Bunda kreditlar bo‘yicha maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma muddati yetib kelmagan, mijoz yetkazib beruvchini xizmat/mahsulot yetkazib bermaganligi uchun uni sudga bergan hamda kredit mablag‘larini maqsadli ishlatilishini tekshirish lozim bo‘lmagan mahsulotlar orqali ajratilgan kreditlar bo‘yicha ushbu shart qo‘llanilmaydi);
13. Qarz oluvchining mahsulot yetkazib beruvchi bilan imzolagan kredit mablag‘lari yo‘nalishi uchun taqdim etgan shartnomalar va ushbu yetkazib beruvchi bilan tuzilgan boshqa shartnomalari bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida (YEEISVO) tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
14. Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ bo‘lmasligi lozim;
15. Oxirgi 3 yilda kredit xizmatlari bo‘yicha (javobgar uchun kafillik taqdim etgan holatlar ham inobatga olinadi) iqtisodiy sudda da’vo arizalari mavjud bo‘lgan va da’vo arizasi qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan taqdirda so‘rovnoma ko‘rib chiqiladi hamda kollegial organ mazkur so‘rovnomani rad etish huquqiga ega (yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari, javobgar uchun tegishli mulk garovi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno);
16. Mijoz tomonidan kredit mablag‘lari yo‘nalishi uchun taqdim etilgan shartnomalar bo‘yicha mahsulot yetkazib beruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning faoliyat turi, sudda daʼvo arizalari mavjudligi, Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi hamda zarur hollarda boshqa maʼlumotlari biznes menejer tomonidan o‘rganib chiqilishi lozim.
UMUMIY TARTIB
1. Ustav fondi taʼsischilar tomonidan to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi;
2. Qarz oluvchining kredit yuklamasi 100%dan (aylanma mablag’larni to’ldirish uchun 150%dan) oshiq bo‘lmasligi lozim.
Agarda qarz oluvchi kredit yuklamasi 100%dan (aylanma mablag’larni to’ldirish uchun 150%dan) yuqori bo‘lsa, kredit taʼminoti sifatida yuridik shaxs kafilligi olinadi. Ushbu holatda kafil korxonaga qo‘yiladigan talablar:
- Kafil korxonalar soni 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
- Qarz oluvchi va kafil korxona(lar)ning birgalikdagi kredit yuklamasi 100%dan (aylanma mablag’larni to’ldirish uchun 150%dan) oshmasligi lozim;
- Kafillik summasi so‘ralayotgan kreditning 125%dan kam bo‘lmasligi lozim (agarda kafillar soni 2 ta bo‘lsa, har bir kafil korxona kredit summasining 125%ga kafillik taqdim etiladi);
3. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi;
4. O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi;
5. Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi;
6. O‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
7. 2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
8. KATM maʼlumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari hamda o‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;
9. Kreditlar bo‘yicha oxirgi 60 oy ichida:
30+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 15 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
60+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
90+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklarga umuman yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi;
Sud jarayonidagi (судебных) kredit qarzdorliklariga umuman yo’l qo’yilmagan bo’lishi;
Balansdan tashqari (списанных, задерживает списанный ПКНТ) hisob raqamga olingan kredit qarzdorliklariga umuman yo’l qo’yilmagan bo’lishi.
10. Oxirgi 12 oyda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida oydan oyga o‘tgan kredit bo‘yicha to’lovlar (asosiy qarz va/yoki foiz)
3 martadan ko‘p bo‘lmasligi;
11. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik va hisoblangan foiz qarzdorligi bo‘yicha oraliq hamda yakuniy to‘lov muddatini uzaytirish holatlari mavjud bo‘lmasligi; (bundan Hukumat qarorlariga asosan muddati uzaytirilgan holatlar mustasno)
12. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan kollegial organ tomonidan belgilangan shartlarini bajarmaslik holatlari mavjud bo‘lmasligi;
13. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik bo‘yicha shartlari qayta ko‘rib chiqilgan va muddati uzaytirilgan foiz qarzdorliklari hisobvaraqlarida qoldiq mavjud bo‘lmasligi;
14. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan maqsadsiz ishlatilganlik holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim (Maqsadli ishlatilganlik yuzasidan tekshiruv Kreditlarni boshqarish bo‘limining maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnomaga asosan amalga oshiriladi. Bunda kreditlar bo‘yicha maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma muddati yetib kelmagan, mijoz yetkazib beruvchini xizmat/mahsulot yetkazib bermaganligi uchun uni sudga bergan hamda kredit mablag‘larini maqsadli ishlatilishini tekshirish lozim bo‘lmagan mahsulotlar orqali ajratilgan kreditlar bo‘yicha ushbu shart qo‘llanilmaydi);
15. Import shartnomada tashabbuskorning ulushi bank kredit siyosati talablariga asosan amalga oshirilishi lozim;
16. Qarz oluvchining mahsulot yetkazib beruvchi bilan imzolagan kredit mablag‘lari yo‘nalishi uchun taqdim etgan shartnomalar va ushbu yetkazib beruvchi bilan tuzilgan boshqa shartnomalari bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida (YEEISVO) tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
17. Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ bo‘lmasligi lozim;
18. Oxirgi 3 yilda kredit xizmatlari bo‘yicha (javobgar uchun kafillik taqdim etgan holatlar ham inobatga olinadi) iqtisodiy sudda da’vo arizalari mavjud bo‘lgan va da’vo arizasi qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan taqdirda so‘rovnoma ko‘rib chiqiladi hamda kollegial organ mazkur so‘rovnomani rad etish huquqiga ega (yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari, javobgar uchun tegishli mulk garovi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno);
19. Mijoz tomonidan kredit mablag‘lari yo‘nalishi uchun taqdim etilgan shartnomalar bo‘yicha mahsulot yetkazib beruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning faoliyat turi, sudda daʼvo arizalari mavjudligi, Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi hamda zarur hollarda boshqa maʼlumotlari biznes menejer tomonidan o‘rganib chiqilishi lozim;
20. Umumiy tartibda ko’rib chiqiladigan investitsion xarakaterga ega bo’lgan loyihalar bo’yicha kredit hisobiga sotib olinayotgan obyektlarning mahalliy oldi-sotdi shartnoma qiymatining kamida 15% qismi korxona o’z mablag’lari hisobidan kredit ajratilgunga qadar moliyalashtirilishi lozim;
21. Kredit mablag‘lari chet eldan asosiy vositalar sotib olish uchun mahalliy vositachi (diller, savdo uylari va boshq.) korxonalarga yo‘naltiriladigan taqdirda, kredit mablag‘lari asosiy vositalar Respublika hududiga kirib kelgandan so‘ng ajratiladi.
Bunda, bir loyiha doirasida summasi 500 ming AQSH dollari ekvivalenti va undan yuqori bo‘lgan shartnoma(lar) bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK xulosasi hamda summasi 500 ming AQSH dollari ekvivalentigacha bo‘lgan shartnoma(lar) bo‘yicha xalqaro standartlar talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan tashkilot xulosasi (Markaz xulosasi mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno) talab etiladi. Zarur hollarda, ayrim loyihalar bo‘yicha summasi 500 ming AQSH dollari ekvivalentigacha bo‘lgan shartnomalar bo‘yicha bank tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKdan xulosa olish maqsadida murojaat qilinishi mumkin.
Qabul qilinadigan mulkiy garov turlari va ushbu garov bo‘yicha qo‘yiladigan shartlar:
Bankda o‘rnatilgan talablar asosida ko‘chmas mulklar;
Avtotransport vositalari – ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan;
(Bunda hisoblash jarayonida ishlab chiqarilgan yilidan boshlab hisoblanadi)
Maxsus texnikalar – ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan;
(Bunda hisoblash jarayonida ishlab chiqarilgan yilidan boshlab hisoblanadi)
Uskunalar – ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan;
(Bunda hisoblash jarayonida ishlab chiqarilgan yilidan boshlab hisoblanadi . Shuningdek ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan uskunalarni ular joylashgan bino/er bilan birgalikda ta’minotga taqdim etish mumkin)
Pul mablag‘lari;
Kredit mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan asosiy vositalar, asbob-uskunalar va maxsus texnikalar.
Nomulkiy taʼminot:
Uchinchi yuridik shaxs kafilligi;
Kredit qaytarilmaslik xatari sug‘urta polisi;
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kafilligi;
Boshqa turdagi nomulkiy taʼminotlar.