Yangi uyga ipoteka


Elit mulkiga yo'lingiz — majburiy sug'urtasiz.

Yangi uyga ipoteka

Kreditning miqdori

420 mln so‘mgacha

Yillik foiz stavkasi

17 % dan

Kredit muddati

20 yilgacha

Boshlang'ich to'lov

15 % dan
Ipoteka olish oson!

Maslahat oling yoki web-saytda dastlabki ariza to'ldiring

Uyni tanlang va pudratchi bilan savdo shartnomasini tuzing

Hujjatlarni bankka topshiring, kredit shartnomasini tuzing va to'lovni qabul qiling


Oldindan ariza berish
nima uchun kerak?

Ushbu ariza to'lovchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun ma'lumot olish vazifasini bajaradi va oferta shartnomasi hisoblanmaydi. Arizani to'ldirgandan so'ng, siz bankning kredit berish to'g'risidagi dastlabki qarorini olasiz.


To'lov turini tanlang

dan kam bo'lmagan miqdorda 15 Uy-joyning narxi
20 580 542
Oylik to‘lov

Yillik foiz miqdori (%)


To'lov jadvali
*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.
Orzuingizdagi uyni sotib olishga yordam beramiz
Kerakli hujjatlar
  • Pasport yoki ID-karta

  • Sotib olish shartnomasi

Kredit Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga murojaat qilgan kunda 18 yoshga to‘lgan va kreditni so‘ndirish vaqtida 70 yoshdan oshmaganlarga beriladi.

Kreditni to'lash usullari

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Istalgan ofisida

Bank kartalari

SQB mobile ilovasi orqali

LogoJoyda
Download SQB MOBILE

Batafsil shartlar
  • Kredit berish shartlari
  • Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
  • Qo’shimcha xarajatlari
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi:

yangi uy-joy sotib olish uchun

Imtiyozli davr:

6 oy (differensial toʼlovi usulida)

Birgalikda qarz oluvchilar soni:

5 tagacha

Kredit maksimal miqdori:

Toshkent shahrida - 420 000 000 so’m

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda - 330 000 000 so’m

Boshlangʻich badalning eng kam miqdori:

15 % dan (xonadon narxidan)

To’lov usuli:

qarz oluvchining tanloviga asosan annuitet yoki differensial

Qo'shimcha shartlar:

sotib olingan xonadonni sug'urtalash talab qilinmaydi


Kredit foiz stavkasi
17%

Dastlabki toʻlov bilan 50%dan

Yillik stavka: Markaziy bankning asosiy stavkasi + 3%

17,5%

Dastlabki toʻlov bilan 25%dan

Yillik stavka: Markaziy bankning asosiy stavkasi + 3,5%

18%

Dastlabki toʻlov bilan 15%dan

Yillik stavka: Markaziy bankning asosiy stavkasi + 4%

17%

Dastlabki toʻlov bilan 15%dan

Yillik stavka: Markaziy bankning asosiy stavkasi + 3%


Qo'shimcha shartlar:
  • Kredit O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Hukumat qarorlariga muvofiq ajratiladi.
  • Kredit to‘liq so‘ndirilgan paytda qarz oluvchining yoshi 70 yoshdan oshmagan bo‘lishi lozim.
  • Subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnoma u berilgan kundan boshlab to‘rt oy davomida amal qiladi (amal qilish muddati uzaytirilgan hollar bundan mustasno).
  • Ipoteka krediti bo‘yicha anderrayterning ijobiy qarori qabul qilingandan so‘ng, mijoz boshlang‘ich badal summasini milliy valyutadagi «Kafolat-3» jamg‘arma omonat hisobvarag‘iga joylashtiradi.
  • Agar uy-joy birlamchi bozordan sotib olinayotgan bo‘lsa, boshlang‘ich badal summasini pudrat tashkiloti hisobvarag‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazish mumkin. Bunday hollarda mablag‘ o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi shart. Pudrat tashkiloti hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazilgandan so‘ng, ipoteka krediti ajratiladi.
  • Qarz oluvchi ushbu dastur doirasida ipoteka kreditidan birinchi marotaba foydalanayotgan bo‘lishi kerak.
  • 2024-yil 1-maygacha olingan kreditlar hisobga olinmaydi.

Hujjatlar

Ipoteka_Shartnoma.docx

Yuklab olish
download
Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar
  • Ipoteka krediti olish uchun ariza topshirgan paytda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 18 yoshdan katta, kreditni to‘liq so‘ndirish vaqtida esa 70 yoshdan oshmagan (shu jumladan) bo‘lishi kerak.
  • Doimiy ish joyi yoki shaxsiy (dehqon) xo‘jaligi, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati yoki qonun bilan ruxsat etilgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa manbalardan muntazam daromadga ega bo‘lish.
  • Belgilangan muddat oy davomida kredit bo‘yicha foizlar hamda asosiy qarzni to‘lash uchun yetarli daromadga ega bo‘lish.

O‘rtacha oylik daromadlar
Quyidagi daromad turlari inobatga olinadi:

  • Uzuluksiz kamida 6 oy davomida olingan ish haqi.
  • Yoshga doir pensiya.
  • Shaxsiy (dehqon) xo‘jaligi yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad (foydaning 10 % i hisobga olinadi).
  • Chet eldan, qarz oluvchi (labor.migration platformasida ro‘yxatdan o‘tgan) tomonidan 6 oy uzluksiz davomida O‘zbekiston Respublikasidagi yaqin qarindoshlar nomiga yuborilgan pul o‘tkazmalari. Pul o‘tkazmalari hujjatlar bilan tasdiqlanadi va ariza topshirilgan kunga Markaziy bank kursi bo‘yicha so‘mga qayta hisoblanadi.
    • Yaqin qarindoshlar: ota-ona, aka-uka, opa-singil, farzandlar, turmush o‘rtoq, shuningdek turmush o‘rtoqqa tegishli ota-ona va boshqa yaqin qarindoshlar.
  • Qonun bilan taqiqlanmagan va hujjat bilan tasdiqlangan boshqa daromadlar.

    O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga qo‘yiladigan talablar

    O‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga kredit quyidagi shartlarda ajratiladi:

    • Qarz oluvchi davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi lozim.

    • Boshlang‘ich badal kamida 35% miqdorda shakllantirilgan bo‘lishi kerak.
      O‘zini o‘zi band qilgan shaxsning o‘rtacha oylik daromadi bankning elektron tizimi orqali — qarz oluvchining SQB Mobile mobil ilovasiga ulangan hisobvaraqlari (kartalari)ga so‘nggi 6 oy davomida tushgan tushumlar asosida aniqlanadi.

    • Daromadlar anketa-so‘rovnoma asosida baholanadi. Ushbu so‘rovnoma bank xodimi, hokim yordamchisi va MFY raisi bilan birgalikda qarz oluvchining yashash yoki faoliyat yuritish manzilida tuziladi.
      Qarz oluvchining daromadlari bank xodimi, MFY raisi va hokim yordamchisi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi zarur.

    • SQB tizimida ilgari ushbu turdagi kreditdan foydalangan o‘zini o‘zi band qilgan mijozlarga, amaldagi kredit bo‘yicha qarzdorligi to‘liq so‘ndirilgandan so‘ng, ushbu kredit turidan qayta foydalanishga ruxsat etiladi.


Kerakli hujjatlar
    • Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (qarz oluvchi YaIDXP’dan foydalangan holda raqamli shaklda taqdim etish huquqiga ega). Qarz oluvchi harbiy xizmatchi bo‘lgan taqdirda, vizual identifikatsiyadan o‘tkazilgach, uning harbiy guvohnomasi va pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan nusxa olinadi.

    • Daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma / elektron ma’lumotlar (bankning elektron dasturi orqali ham olinishi mumkin).

    • Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan qarz oluvchilar uchun — Davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (zarur hollarda).

    • Birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun oldi-sotdi shartnomasi, qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi ruxsatnoma (uy-joy qurishga ruxsatnoma / ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida Davlat reyestridan ko‘chirma / kadastr hujjatlari).

    • Qurilish obyektining qurilishiga ruxsatnoma (faqat subsidiya asosida beriladigan ipoteka kreditlari uchun).

    • “Subsidiya xabarnomasi” — boshlang‘ich badal va foizlarning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplash nazarda tutilgan hollarda.

    • Qarz oluvchining Labor.migration platformasida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda).

    • Qarz oluvchi-migrant nomidan ishonchnoma (agar ishonchnoma qarz oluvchi-migrant faoliyat yuritayotgan mamlakatdagi notarial idoralar tomonidan berilgan bo‘lsa, u davlat tiliga tarjima qilingan bo‘lishi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan (legalizatsiya) yoki apostil qilingan bo‘lishi shart) (zarur hollarda).

    • Auksion savdolarida yutganligini tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda).

    • Qo‘shimcha ravishda: ipoteka krediti hisobiga xarid qilinayotgan uy-joyning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi PQ-93-sonli qarori doirasidagi renovatsiya dasturiga kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda).

    Shuningdek, qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.


Qo’shimcha xarajatlari
  • Uy-joy oldi-sotdisi boʻyicha notarius xizmati xarajatlari;

  • Mulkni roʻyxatdan oʻtkazishda kadastr xarajatlari;


  • Oxirgi yangilanish sanasi: 28.10.2025 17:54  
    up
    DEMO
    close
    Давайте поговорим!
    close
    send
    arrow-left
    Недавние чаты
    close
    История
    FAQ
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    logo