Hurmatli mijozlar!
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-avgustdan boshlab mikro va kichik biznes mijozlari uchun "Bank mijoz" va "PSB Mobile Business" dasturlari orqali masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatish to‘liq to‘xtatiladi.
Ushbu segmentga kiruvchi barcha amaldagi mijozlar yangi raqamli platforma — "SQB Business" tizimiga o‘tkaziladi.
Yangi mijozlarni ulash allaqachon faqat SQB Business orqali amalga oshirilmoqda.
“Bank mijoz” va "PSB Mobile Business" dasturlaridan foydalanuvchilar 2025-yil 1-avgustgacha bosqichma-bosqich yangi platformaga o‘tkaziladi.
Belgilangan sanadan boshlab eski tizimlarga kirish to‘liq yopiladi.
Hisobga veb yoki mobil ilova orqali qulay va xavfsiz kirish.
Barcha biznes operatsiyalarni yagona interfeysda boshqarish.
Zamonaviy funksiyalar va 24/7 texnik yordam.
SQB Business tizimiga ulanish uchun eng yaqin bank bo‘limiga yoki servis-menejeringizga murojaat qiling.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling: +998 71 200 43 43, 1180, yoki bankning barcha filiallarida murojaat qilishingiz mumkin.
Hurmatli mijozlar! Ma’lum qilamizki, Andijon va Buxoro bank xizmatlari ofislari mustaqil tarkibiy b ...
Hurmatli mijozlar! Agar moliyaviy qiyinchiliklar, murakkab hayoti ...
Hurmatli mijozlar! Xabar beramizki, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan o‘rta biznes subyektlari ...

