Agar moliyaviy qiyinchiliklar, murakkab hayotiy vaziyatlar yoki fors-major holatlari sababli kredit majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish imkoniyati bo‘lmasa, O‘zsanoatqurilishbankda mavjud kreditlar shartlarini restrukturizatsiya qilish imkoniyati mavjudligini ma'lum qilamiz.
Restrukturizatsiya quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
To‘lov jadvalini o‘zgartirish (annuitet / differensial);
Kredit muddati (oraliq va/yo yakuniy)ni o‘zgartirish;
Asosiy qarz va foizlar to‘lov sanalarini o‘zgartirish;
Va boshqa kredit shartlarini o‘zgarishiga ruxsat beriladi.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish bankning ichki me'yoriy hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Kredit shartlarini o‘zgartirish bo‘yicha qaror har bir murojaat uchun alohida qabul qilinadi, mijozning to‘lov qobiliyati va kredit yukini hisobga olgan holda.
Batafsil ma'lumotni +998 71 200 43 43 va 1180 telefon raqamlaridan olishingiz mumkin, saytimizda: www.sqb.uz yoki yaqin atrofdagi bank ofislarida.
Hurmatli mijozlar! Yangi “Avto-Tadbirkor” va “Mahalla ishbilarmoni (mahalla loyihasi)” kredit mahsu ...
Hurmatli mijozlar! Yangi “KREDIT QARZDORLIGINI SOTIB OLISH” kredit mahsuloti joriy etilgani, shunin ...
Hurmatli mijozlar! SQB NEW GENESIS MCHJ tomonidan qurilgan ko‘p qavatli uylardan xonadon xarid qili ...

