UZCARD kartalari orqali SQB Bankomatlarida kommunal va bir martalik to‘lovlar amalga oshirish imkoniyati yaratildi
06.05.2025 14:29
Hurmatli mijozlar!
SQB sizni yangi to‘lov imkoniyatlari bilan tanishtiradi. Endi UZCARD kartalari orqali SQB bankomatlarida (NCR 6623 rusumli) jismoniy shaxslarning quyidagi to‘lovlarni amalga oshirish
imkoniyati mavjud:
Kommunal to‘lovlar: Elektr energiyasi, tabiiy gaz, sovuq va issiq suv, chiqindi to‘lovlarni endi ortiqcha navbatlarsiz oson va tez amalga oshirish imkoniyati.
Mobil aloqa xizmatlari: Mobiuz, Beeline, Ucell, Uzmobile va boshqa mobil operatorlar balansini to‘ldirish.
UZCARD to‘lov tizimi bank kartalaridan foydalangan holda yuqoridagi kommunal va mobil aloqa bilan bog‘liq bir martalik to‘lovlarni istalgan vaqtda amalga oshirishingiz mumkin.
Bankomatlarimizda “Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi” va Connection dasturiy ta’minoti yordamida barcha to‘lovlarni xavfsiz va tez bajarish mumkinligini ma’lum qilamiz.
Qo‘shimcha ma’lumotni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin: +998 71 200 43 43 va 1180, shuningdek SQB ofislarida va rasmiy veb-saytda.

833
Boshqa yangiliklar