Green komfort


Quyosh panellari, shamol generatorlari va boshqa energiya tejamkor “yashil” texnologiyalar xaridi uchun kredit.

Green komfort

Kredit summasi

200 mln so‘mgacha

Kredit foiz stavkasi *

20 %

Kredit muddati

36 oygacha

Imtiyozli davr

6 oygacha (faqat differensial to‘lov jadvalida)

Green komfort kreditini qanday qilib olish mumkin?

Kredit olish bosqichlari:

Dastlabki maslahatni telefon orqali yoki bank ofisida oling

Bank uchun kerakli hujjatlarni taqdim eting va bankning ijobiy qarorini kuting

Bank bilan kredit shartnomasini imzolang


Kerakli hujjatlar:
  • Pasport yoki ID-karta

  • Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
    (rasmiy daromadlar bankning elektron tizimi orqali olinishi mumkin)

  • Sotib olish shartnomasi

  • Kreditni ta’minlash bo‘yicha hujjatlar




Kredit O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga murojaat qilingan kunda 18 yoshga to‘lgan va kredit to‘liq so‘ndiriladigan vaqtda 70 yoshdan oshmagan shaxslarga beriladi.

Kreditni to'lash usullari:

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Istalgan ofisida

Bank kartalari

SQB Mobile ilovasi orqali

LogoJoyda
SQB MOBILE yuklab olish

Batafsil shartlar
  • Kredit shartlari
  • Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi :

Quyidagi uskunalarni sotib olish uchun:

  • quyosh panellari;

  • geliokollektorlar;

  • shamol generatorlari;

  • mikro va kichik GES (1 MVtgacha);

  • biogaz uskunalari;

  • issiqlik nasoslari;

  • energiyani saqlash tizimlari;

  • ekologik uskunalar va qurilmalar.


Kredit muddati:

36 oygacha

Kredit miqdori:

200 mln so'mgacha

Kredit foiz stavkasi*:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank asosiy stavkasida + 6 %

Maksimal imtiyozli davr:

6 oygacha (faqat differensial toʻlov jadvalidan foydalanganda)

To'lov grafigi:

differensial/annuitet


Kredit ta’minoti:

100 mln so‘mgacha:

  • jismoniy shaxs kafilligi;

  • kredit qaytmaslik xatariga sug‘urta polisi;

  • avtotransport vositasi (ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan);

  • ko‘chmas mulk garovi.

100 mln so‘mdan oshganda:

  • avtotransport vositasi yoki

  • ko‘chmas mulk garovi.

  • Ta’minot miqdori kredit summasining kamida 125 %ini tashkil etishi lozim (bankka aloqador shaxslar uchun — 130 %).

    Mahsulotni olish usuli:

    kredit mablag‘lari shartnomaga asosan iste’mol tovarlarini (xizmatlarini) ishlab chiqaruvchi yoki realizatsiya qiluvchi subyektning (yuridik shaxsning) bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.

    Qoʻshimcha shartlar:

  • Mijoz energiya tejamkor uskunalarni www.energymarket.uz platformasi orqali xarid qilib, xarajatlarning bir qismini kompensatsiya asosida qoplashi mumkin.

  • Markaziy bank resurslari hisobidan ajratilgan kreditlar restrukturizatsiya qilinmaydi va muddati uzaytirilmaydi.


  • Hujjatlar

    Shartnoma

    Yuklab olish
    download
    Qarz oluvchi / birgalikda qarz oluvchiga qo‘yiladigan umumiy talablar
    • Kredit ajratilishi uchun murojaat qilingan kunda 18 yoshga to‘lgan va kreditni oxirgi so‘ndirish vaqtida 70 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

    • Doimiy va yetarli daromad manbaiga ega bo‘lishi, jumladan:

      • ish haqi,

      • pensiya,

      • dividendlar,

      • mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar,

      • kredit bo‘yicha hisoblangan foizlar va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromadlar;

    • Muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;

    • Qarz yuki ko‘rsatkichi 50 % dan oshmasligi;

    • 3 nafargacha birgalikda qarz oluvchi jalb etilishi mumkin.

    Kafilga qo‘yiladigan talablar
    • Kredit ajratilishi uchun murojaat qilingan kunda 18 yoshga to‘lgan va kreditni oxirgi so‘ndirish vaqtida 70 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

    • Doimiy va yetarli daromad manbaiga ega bo‘lishi;

    • Muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;

    • Qarz yuki ko‘rsatkichi 50 % dan oshmasligi.

    O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun talablar
    • O‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga kredit quyidagi talablar asosida ajratiladi:

      • Davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;

      • Daromadlar bankning elektron tizimi orqali kamida so‘nggi 6 oy davomida tushgan tushumlar asosida aniqlanadi;

      • Ta’minot sifatida:

        • ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan avtotransport vositasi yoki

        • noturar joy taqdim etilishi mumkin;

      • Birgalikda qarz oluvchi jalb etilishi mumkin;

      • Ushbu kredit mahsuloti bo‘yicha oldingi qarzdorlik to‘liq so‘ndirilgan taqdirda, kreditdan qayta foydalanishga ruxsat beriladi.


    Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
    • Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat
      (qarz oluvchi YaIDXP orqali raqamli shaklda taqdim etish huquqiga ega);

    • Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
      (rasmiy daromadlar bankning elektron tizimi orqali olinishi mumkin);

    • Iste’mol tovarlarini (xizmatlarini) ishlab chiqaruvchi yoki realizatsiya qiluvchi subyekt (yuridik shaxs) bilan tuzilgan shartnoma;

    • Ta’minotga doir hujjatlar.
      Agar ta’minot sifatida mol-mulk garovi taqdim etilgan taqdirda — mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;

    • Qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar (zarur hollarda).

    Birgalikda qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
    • Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat
      (birgalikda qarz oluvchi YaIDXP orqali raqamli shaklda taqdim etish huquqiga ega);

    • Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
      (bankning elektron tizimi orqali olinishi mumkin);

    • Qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar (zarur hollarda).

    Kafil shaxs tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
    • Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat
      (kafil YaIDXP orqali raqamli shaklda taqdim etish huquqiga ega);

    • Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
      (bankning elektron tizimi orqali olinishi mumkin);

    • Qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar (zarur hollarda).


    Kalkulyator

    To'lov turini tanlang
    Annuitet
    Differensial
    Kredit miqdori
    Boshqa xizmatlar
    Muddati

    To'lov jadvali

    *Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.

    Ehtimol, sizni qiziqtirish mumkin

    Orzuingizdagi uy
    ipotekaga yillik 17 %

    Birlamchi bozordan xonadon sotib olish uchun berilgan.

    Orzuingizdagi uy <br>ipotekaga yillik 17 %
    SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

    Qulay mobil ilova yordamida kundalik toʻlovlarni amalga oshiring.

    SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

    Oxirgi yangilanish sanasi: 28.10.2025 17:54  
    up
    DEMO
    close
    Давайте поговорим!
    close
    send
    arrow-left
    Недавние чаты
    close
    История
    FAQ
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    logo