"Konstruktor"

Qulay jamg’armalar - ishonchli daromad manbai.

"Konstruktor"

Omonat valyutasi

So‘m

Foiz stavkasi

8% – 21%

Saqlash muddati

2 oydan 24 oygacha

Minimal summa

1 000 000 soʻm
Foizlarni oldindan to‘lash bilan omonat
2-3 oy
10%
4-7 oy
14%
8-12 oy
18%
13-18 oy
20%
19-24 oy
21%
Minimal summa
1 000 000 so‘m
Valyuta
Milliy — so‘m
To‘ldirish imkoni
Yo‘q
Foizlarni to‘lash
Har 3 oyda oldindan; birinchi to‘lov omonat ochilgandan so‘ng darhol amalga oshiriladi
Muddatidan oldin yopilganda foizlarni to‘lash
Agar omonat 1 oydan ko‘proq saqlangan bo‘lsa, foizlar kamaytirilgan stavka bo‘yicha to‘lanadi
Istalgan vaqtda to‘ldirish mumkin bo‘lgan omonat
2-3 oy
8%
4-6 oy
12%
7-12 oy
16%
13-18 oy
18%
19-24 oy
20%
Minimal summa
1 000 000 so‘m
Valyuta
Milliy — so‘m
To‘ldirish imkoni
Ha
Foizlarni to‘lash
Omonat birinchi to‘liq oy saqlangandan keyin foizlar to‘lanadi, keyinchalik – har oyda, haqiqiy saqlangan muddat bo‘yicha
Muddatidan oldin yopilganda foizlarni to‘lash
Foizlar haqiqiy saqlangan muddatga qarab kamaytirilgan stavka bo‘yicha qayta hisoblanadi


O'zsanoatqurilishbank mijozlariga bank siri saqlanishi hamda mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishini kafolatlaydi. Omonatlaringiz xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasining “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ta’minlanadi.(Omonatlaringiz kafolatlangan)
Ushbu qonun 2025-yil 18-fevralda imzolangan bo‘lib, kafolatlangan omonat summasi 200 mln so‘m etib belgilangan.
Siz uchun eng yaxshi takliflar
Ideal

Foiz stavkasi

5 %

Jamg'armalarni xorijiy valyutada saqlash uchun omonat

Barakali

Foiz stavkasi

21 %

Muddatidan oldin yopilganda hisoblangan foizlar saqlanib qoladigan omonat


Bugun dolzarb
Avtomobil krediti
- oddiy va oson!

Kredit stavkasi

20 % dan

Kredit muddati

yilgacha

Kreditning miqdori

800 mln so‘mgacha

Ro'yxatdan o'tish uchun hujjatlarning minimal to'plami va kreditni to'lashning qulay usullari

Orzuingizdagi uy ipotekaga 17 % dan

Birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun berilgan

SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Qulay mobil ilova yordamida kundalik toʻlovlarni amalga oshiring.


SQB omonatlari haqida ko'p so'raladigan savollar
Yopish
1. Omonatni qanday tanlash mumkin?
Bank tomonidan taklif etilayotgan omonatlarning shartlarini diqqat bilan o‘rganing. Qaysi valyutada omonat ochmoqchi ekanligingizni aniqlang. Eng daromadli (foiz stavkasi yuqori) omonatlar — milliy valyutadagi omonatlardir. Chet el valyutasidagi omonatlarning foizi pastroq bo‘ladi, ammo bunday omonatlar inflyatsiyaga nisbatan kamroq ta’sirchan bo‘ladi.
Yopish
2.SQB omonatlarini qaysi valyutada ochish mumkin?
Omonatlarni milliy valyutada (so‘m) hamda xorijiy valyutada (AQSh dollari va yevro) ochish mumkin.
Yopish
3. Toʻldiriladigan omonatlar nima?
Bu mahsulot muntazam mablag‘ jamg‘arishni xohlovchilar uchun qulay. Masalan, har oy ma’lum miqdorda. SQB bankida bu — Konstruktor-2, Jozibali, Ideal va Yevro omonatlari (so‘nggi ikkitasi xorijiy valyutadagi omonatlardir).
Yopish
4. Omonat muddati nimaga taʼsir qiladi?
Saqlash muddati — omonat turini tanlashda muhim shart. Mablag‘ga qachon ehtiyoj sezilishini aniqlasangiz, xatolikdan qochasiz. Agar muddat tugamasdan omonatning to‘liq summasini yoki bir qismini yechib olsangiz, foizlarni yo‘qotishingiz mumkin. Agar uzoq vaqt davomida mablag‘ga ehtiyoj bo‘lmasa, eng uzun muddatli omonatni tanlang.
Yopish
5. Muddatli omonat va talab qilinadigan omonat oʻrtasida farq bormi?

Ha, farq bor. Talab qilib olinadigan omonatlarda odatda foizlar hisoblanmaydi yoki ular juda kam bo‘ladi.

Yopish
6. Omonat va depozit oʻrtasidagi farq nima?

Umuman olganda, ikkalasi ham bir xil vositadir — ikkalasida ham mijoz foiz ko‘rinishida daromad oladi. Farqi shundaki, omonatlar faqat pul shaklida bo‘ladi, depozit esa moliyaviy aktivlar (qimmatbaho toshlar, oltin, fyucherslar), aksiyalar va obligatsiyalarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Jismoniy shaxslar uchun “depozit” va “omonat” deyarli bir xil ma’noni anglatadi. Yuridik shaxslar uchun esa ko‘proq “depozit” atamasi qo‘llaniladi.

Yopish
7. Toʻldirish imkoniyati bilan valyuta omonati bormi?
Ha, mavjud. Bu — Ideal (USD) va Yevro (EUR) omonatlari bo‘lib, SQB Mobile ilovasida mavjud.
Yopish
8. Nega oyma-oy foiz summasi har xil bo‘ladi, holbuki omonat summasi o‘zgarmagan?
Foizlar har bir oyning real kunlar soniga qarab hisoblanadi. Masalan, yanvarda 31 kun bo‘lsa, fevralda 28 yoki 29 kun. Shu sababli foiz summasi har oyda har xil bo‘ladi.
Yopish
9. Omonatlarda kapitallashuv bormi?
Hozirda omonatlarga kapitalizatsiya qo‘llanilmaydi.
Yopish
10. SQB Mobile ilovasida omonatni qanday ochish mumkin?
Avvalo SQB Mobile ilovasini yuklab olib, telefon raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘ting. So‘ng shaxsni tasdiqlash uchun pasport seriyasi va raqami yoki PINFL kiritiladi.

Shundan so‘ng, ilovaning bosh sahifasidan “Mavjud omonatlar” bo‘limiga kirib, sizga qulay bo‘lgan omonat turini tanlang.

Oxirgi yangilanish sanasi: 21.01.2026 10:52  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo