Korporativ boshqaruvning tuzilmasi


“O’zsanoatqurilishbank” ATBning korporativ boshqaruv va ijro etuvchi organlari tizimi – bu aksiyadorlar (mulkdorlar), Kuzatuv kengashi, ijro etuvchi organ – Boshqaruv va boshqa manfaatdor shaxslar o’rtasidagi munosabatlar tizimi bo’lib, korporativ qarorlar qabul qilish qoidalari va tartibini belgilab beruvchi, Bank faoliyatini boshqarish va nazorat qilishni ta’minlaydigan tizimdir.

Bankning yuqori boshqaruv organi Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi hisoblanib, yiliga kamida bir marta chaqiriladi. Aksiyadorlarning yillik hisobot yig’ilishi har yili 1 iyulgacha o’tkaziladi. Biznesning barqaror rivojlanishini ta’minlash va bankning korporativ boshqaruvining yuqori standartlariga rioya etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida 2025-yil 10-aprelda bo‘lib o‘tgan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq, Bank Kengashi tarkibiga 9 nafar a’zo 3 yil muddatga saylandi. Shundan 7 nafari mustaqil a’zolar bo‘lib, bu Kengash tarkibining 77,77 foizini tashkil etadi. Mustaqil a’zolar orasidan Kengash Raisi ham saylandi.

Bank Kengashiga saylangan mustaqil a’zolar moliya institutlari va banklarning korporativ boshqaruvi sohasida katta xalqaro tajribaga ega bo‘lgan xorijiy mutaxassislar hisoblanadi. Ularning bilim va tajribasi Bankda korporativ boshqaruv tizimini yanada rivojlantirish, strategik qarorlarni samarali qabul qilish hamda xalqaro standartlarga mos faoliyat yuritishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig’ilishida yangi saylangan Kengash a’zolari o’zining birinchi yig’ilishida Kengash raisini va uning o’rinbosarlarini, hamda Kengashning saylangan a’zolari orasidan Kengashning 5 ta qo’mitasiga Rais va uning a’zolarini saylaydi.

Barqaror va rejali rivojlanish maqsadida Bankda, shuningdek, Bankning Ichki audit xizmati tomonidan amalga oshirilayotgan samarali tashqi va ichki nazorat tizimi, mustaqil auditorlik tashkilotlari tomonidan Bank moliyaviy hisobotlarining Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (IFRS) muvofiqligi yuzasidan muntazam tekshiruvlar o’tkazib borilmoqda.

Korporativ boshqaruvni rivojlantirish – Bankning ustuvor yo‘nalishilaridan biri xisoblanib, boshqaruvning maksimal shaffofligi va asosliligini ta’minlash maqsadida Bank faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligi va sifatini oshirish siyosatini amalga oshiradi. Ushbu siyosat Bankning rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalarida o‘z aksini topmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi “2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi qarorida korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, shuningdek, banklarning davlat ulushini bosqichma-bosqich xususiylashtirish zarurligi ta’kidlangan. Mazkur hujjatda banklarni isloh qilishning asosiy vazifalaridan biri sifatida samarali boshqaruv mexanizmini yaratish, korporativ boshqaruvni yanada rivojlantirish xorijiy investitsiyalarni jalb etishning muhim sharti ekani qayd etilgan. Shu bois Bank korporativ bank faoliyatini yanada takomillashtirish va moliya sektorida xalqaro miqyosda tan olingan yondashuvlarni joriy etish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshiradi.

Bank Boshqaruvi Bankning asosiy ijro organi hisoblanadi. Uning tarkibi Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida saylanadi yoki mavjud Boshqaruv a’zolari bilan tuzilgan shartnomalarni uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlari oralig‘idagi davrda Boshqaruv a’zolari Bank Kengashining qarori bilan lavozimga tayinlanadi yoki lavozimidan ozod qilinadi.



Oxirgi yangilanish sanasi: 28.10.2025 17:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo