Kuzatuv kengashining qo’mitalari


Qo‘mita raisi: Muxatorov Ulug‘bek Hakimovich
Qo‘mita a’zolari: Yuliya Aleksandrovna Aizup, Ferdinand Villem Tuinstra

Qo‘mitaning asosiy vazifasi — bank Kengashi vakolatiga kiruvchi ichki va tashqi auditni tashkil etish va sifatli mustaqil tekshiruvlarni ta’minlash bo‘yicha eng muhim masalalarni dastlabki ko‘rib chiqishdir. Qo‘mita ushbu masalalar yuzasidan bank Kengashiga qaror qabul qilish uchun tavsiyalar tayyorlaydi, shuningdek, ichki va tashqi audit, moliyaviy hisobot va axborot oshkor etilishi sohalarida bank siyosatini shakllantirishga ko‘maklashadi va auditorlarning tavsiyalarini bajarilishini nazorat qiladi.

Qo‘mita raisi: Olga Ulyanova
Qo‘mita a’zolari: Georgiy Chiladze, Umid Ahmedov

Qo‘mitaning asosiy vazifasi — bankning risklarni boshqarish tizimini nazorat qilish va risklarni boshqarish Risk-iste'mol siyosati, Risklarni boshqarish strategiyasi, bankning rivojlanish strategiyasi, xalqaro amaliyot va komplayens-nazorat standartlariga, shuningdek, bank Kengashi tomonidan belgilangan boshqa parametrlariga muvofiq amalga oshirilishini ta’minlashdir.

Qo‘mita raisi: Umid Ahmedov
Qo‘mita a’zolari: Georgiy Chiladze, Ferdinand Tuinstra

Qo‘mitaning asosiy vazifasi — bankda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlashdir. Qo‘mita raqamli transformatsiya strategiyasining amalga oshirilishini, IT-infratuzilmaning rivojlanishini, ma’lumotlarni himoya qilish va kiberxavf-xatarlarni boshqarish masalalarini nazorat qiladi. Shuningdek, qo‘mita kiberxavfsizlik standartlariga rioya etilishini ko‘rib chiqadi va bank Kengashiga raqamli xizmatlarni rivojlantirish va axborot aktivlarini himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Qo‘mita raisi: Yuliya Aleksandrovna Aizup
Qo‘mita a’zolari: Saida Jarbolova, Ulug‘bek Muxtarov

Qo‘mitaning asosiy vazifasi — bank rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, uning uzoq muddatli istiqboldagi samaradorligini baholash va mavjud strategiya va bank faoliyatining ayrim yo‘nalishlarini tahlil qilgan holda Kengashga taklif va tavsiyalar tayyorlashdir. Shuningdek, qo‘mita bank Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, kapitalni boshqarish, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va sotib olish, hamda bank kapitaliga investorlarni jalb qilish bo‘yicha masalalarni ko‘rib chiqadi va tavsiyalar beradi.

Qo‘mita raisi: Saida Jarbolova
Qo‘mita a’zolari: Murod Atajanov, Olga Ulyanova

Qo‘mitaning asosiy vazifasi — bank Kengashi ishining samaradorligi va sifatini oshirish. Qo‘mita avvaldan bank xodimlarini mukofotlash amaliyoti, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlari va professional rivojlanish bo‘yicha savollarni ko‘rib chiqadi. Shuningdek, kadrlar siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, Kengash va Boshqaruv a’zolarining vorislik rejalarini tayyorlash, Kengashning kasbiy tarkibi va samaradorligini baholash hamda o‘z vakolati doirasida Kengashga tavsiyalar tayyorlash qo‘mitaning vazifalariga kiradi.



Oxirgi yangilanish sanasi: 28.04.2025 15:30  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo