Kengash huzuridagi korporativ maslahatchi


Korporativ boshqaruv-bu bankning strategik maqsadlariga erishishni aniqlash va nazorat qilish uchun zarur boʻlgan tashkiliy tuzilma, shuningdek, bank rahbariyati va boshqa manfaatdor tomonlar oʻrtasidagi munosabatlar toʻplami, shu jumladan boshqaruv vakolatlari va masʼuliyatini taqsimlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish qobiliyati (tijorat banklarida korporativ boshqaruv toʻgʻrisidagi Nizomning 1.1-bandi,30.06.2020-y., 3254-son Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida roʻyxatdan oʻtgan).

Korporativ boshqaruv xizmati:

Korporativ maslahatchi xizmati Kuzatuv kengashi raisiga boʻysunadigan bankning tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. Xizmatning umumiy rahbariyati korporativ maslahatchi tomonidan amalga oshiriladi.

Korporativ maslahatchi bankning mansabdor shaxsi va "Oʻzsanoatqurilishbank"ATB korporativ boshqaruv xizmati bankning tarkibiy boʻ linmasi rahbari hisoblanadi.

Korporativ maslahatchi ishining maqsadlari quyidagilardan iborat:

- bank tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Bank Ustavi va ichki hujjatlari talablariga rioya etilishini taʼ minlash;
- bankning korporativ boshqaruv amaliyotini eng yaxshi xalqaro amaliyotga muvofiqligi yoʻnalishida rivojlantirish va takomillashtirishga koʻmaklashish;
- aksiyadorlarning huquqlarini samarali himoya qilish va Bankning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga koʻmaklashish;
- bankning barqaror rivojlanishini taʼminlaydigan boshqaruv amaliyotlarini shakllantirishga koʻmaklashish.

"Oʼzsanoatqurilishbank" ATBning korporativ maslahatchisi Alimov Kamron Fitratovich.



Oxirgi yangilanish sanasi: 06.10.2023 17:19  
up