"O‘zsanoatqurilishbank" ATBning 2019-yil uchun korporativ boshqaruv tizimini "rioya qil yoki tushuntir" xalqaro tamoyili bo‘yicha baholash natijalari to‘g‘risida ma’lumot
Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan (2016-yil 26-apreldagi 34-sonli bayonnoma) "O‘zsanoatqurilishbank" ATB tizimida Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga amal qilish majburiyati qabul qilindi.
"Korporativ boshqaruv kodeksi"ning tavsiyalariga rioya etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, Kodeksning 8-moddasida "Kodeksning ayrim tavsiyalariga rioya etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, AJ "comply or explain" ("rioya qil yoki tushuntir") xalqaro tamoyiliga amal qilgan holda uning sabablarini ommaviy axborot vositalarida batafsil yoritib boradi.
Korporativ boshqaruv kodeksining VIII bobi, 29-moddasiga muvofiq, aksiyadorlik jamiyatlarida rahbarlik lavozimlariga har yili tanlov o‘tkazish tavsiya etiladi, bunda xorijiy menejerlar orasidan nomzodlar ishtirok etishi mumkin.
"O‘zsanoatqurilishbank" ATBda yuqoridagi tavsiya bajarilmayapti. Bajarilmasligiga sabab - "O‘zsanoatqurilishbank" ATB ustav kapitalida 94,6% davlat ulushi mavjudligi va rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni tanlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-apreldagi "Davlat aktivlarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 356-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Mazkur Qarorda "ustav kapitalida (jamg‘armasida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatining ijro etuvchi organi rahbari va rahbar o‘rinbosari lavozimiga nomzod ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning tegishli o‘rinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi..

