Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi Bankning yuqori boshqaruv organidir
Bank har yili aksiyadorlarning umumiy yig’ilishini (aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishini) o’tkazishi shart. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishi moliya yili tugaganidan keyin 6 (olti) oydan kechiktirmay o’tkaziladi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishida Kuzatuv kengashining aʼzolari Qonun va jamiyat ustaviga asosan uch yil muddatga saylash to’g’risidagi, Bank Boshqaruv Raisi va a'zolari bilan tuzilgan shartnomaning muddatini uzaytirish, uni qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi haqidagi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa masalalar ko’rib chiqiladi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi va tartibi, yigʻilish oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallarning (axborotning) roʻyxati jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
Bankning ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo’lib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (aksiyador) Bankning moliya yili tugaganidan keyin 1 martdan kechiktirmay, Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishi kun tartibiga masalalar kiritishga hamda Bank Kengashiga bu organning miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar ko’rsatishga haqli.
Umumiy yig’ilish kun tartibiga qo’yilayotgan masala uni qo’yish sabablarini, masalani taklif etayotgan aksiyador (aksiyadorlar)ning nomini, unga tegishli aksiyalarning soni va turi ko’rsatgan holda yozma ravishda kiritiladi. Bank Kengashiga nomzodlar ko’rsatish, shu jumladan o’zining nomzodini ko’rsatish to’g’risida taklif kiritilganda, nomzodning ismi, basharti nomzod Bank aksiyadori bo’lsa, unga tegishli aksiyalarning soni va turi, shuningdek nomzodni ko’rsatayotgan aksiyadorlarning nomi (ismi), ularga tegishli aksiyalarning soni va turi ko’rsatiladi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishidan boshqa o’tkaziladigan umumiy yig’ilishlar navbatdan tashqari yig’ilish hisoblanadi. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig’ilishi Bank Kengashining qarori bilan uning o’z tashabbusiga binoan, shuningdek talab taqdim etilgan sanada Bankning ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 5 (besh) foiziga ega bo’lgan aksiyador (aksiyadorlar)ning talabi bilan o’tkaziladi.
Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:
- Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:
- Bankning ustaviga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
- Bankni qayta tashkil etish;
- Bankni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
- Bankni kuzatuv kengashining va minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining son tarkibini belgilash, ularning aʼzolarini saylash va aʼzolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
- Eʼlon qilingan aksiyalarning eng koʻp miqdorini belgilash;
- Bankning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish;
- Bankning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish;
- Bankning oʻz aksiyalarini olish;
- Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash) va rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
- Bankning yillik hisobotini va yillik biznes-rejasini, shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va maqsadidan kelib chiqqan holda jamiyatni oʻrta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan strategiyasini tasdiqlash;
- Bankning foydasi va zararlarini taqsimlash;
- Bank kuzatuv kengashining oʻz vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan, shu jumladan jamiyatni boshqarishga doir qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan jamiyat kuzatuv kengashining hisobotlarini xulosalarini eshitish;
- Bank tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
- Qimmatli qogʻozlarning hosilalarini chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
- Bankning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
- Imtiyozli huquqni qoʻllamaslik toʻgʻrisidagi O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, (06.05.2014 yildagi O‘RQ-370-son) 35-moddasida nazarda tutilgan qarorni qabul qilish;
- O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, (06.05.2014 yildagi O‘RQ-370-son) Qonunning 34-moddasiga muvofiq aksiyalarni joylashtirish (tashkil etilgan qimmatli qogʻozlar savdolariga chiqarish) narxini belgilash;
- Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining reglamentini tasdiqlash;
- Aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish;
- jamiyatning ijroiya organiga toʻlanadigan haq va (yoki) kompensatsiyalarni, shuningdek ularning eng yuqori miqdorlarini belgilash;
- O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, (06.05.2014 yildagi O‘RQ-370-son) Qonunning 8 va 9-boblarida nazarda tutilgan hollarda jamiyat tomonidan bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
- Majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish (shartnomani bekor qilish) toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
- Qonunchilikka muvofiq boshqa masalalarni hal etish.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar jamiyatning ijroiya organi hal qilishi uchun berilishi mumkin emas.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar jamiyatning kuzatuv kengashi hal qilishi uchun berilishi mumkin emas, quyidagi masalalar bundan mustasno:
- Bankning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish, shuningdek jamiyat ustaviga jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish hamda jamiyatning eʼlon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish;
- O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, (06.05.2014 yildagi O‘RQ-370-son) Qonunning 34-moddasiga muvofiq aksiyalarni joylashtirish (tashkil etilgan qimmatli qogʻozlar savdolariga chiqarish) narxini belgilash;
- Bank tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
- Qimmatli qogʻozlarning hosilalarini chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
- Bankning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
- Bankning ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash), rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
- Bankning ijroiya organiga toʻlanadigan haq va kompensatsiyalar miqdorlarini belgilash;
- O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, (06.05.2014 yildagi O‘RQ-370-son) Qonunning 75-moddasi birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisiga muvofiq jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash.