Bank tomonilan yuridik shaxslar uchun chiqarilgan depozit sertifikatlari muomalasi va ularni qaytarish shartalri 2018-yil 14-noyabrda DS-19-0265-son bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan roʻyxatdan oʻtkazildi.
|
Nominal qiymati
|
1 (bir) milliard soʻm
|
Muomala muddati va foiz stavkalari
|
181 kundan 365 kungacha
|
Markaziy bank asosiy stavkasi plyus 1,0%
|
366 kundan 730 kungacha
|
Markaziy bank asosiy stavkasi plyus 1,5%
|
731 kundan 1095 kungacha
|
Markaziy bank asosiy stavkasi plyus 2,0%
|
Muddatidan oldin soʻndirshga talab qilinganda
|
Haqiqatda amal qilgan muddati uchun
(qaytarish kuni soʻndirish uchun xat taqdim qilingandan kamida 30 kun boʻlishi lozim)
|
Markaziy bank asosiy stavkasining 50,0% (ellik) foizi
|
Bank depozit sertfikatlari
Xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan o‘zining bo‘sh pul mablag‘laridan samarali foydalanish, qo‘shimcha daromadlar olish uchun “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan umumiy qiymati 200 000 000 000,0 (ikki yuz milliard) so‘mni tashkil etadigan har oy uchun oraliq foiz to‘lovlari keyingi oyning birinchi o‘n kunligida to‘lab boriladigan depozit sertifikatlari muomalaga chiqarildi.
Depozit sertifikatlar oldi-sotdi, hadya qilish, meros qilib olish, ustav fondiga kiritish va egasi almashuviga olib keladigan boshqa bitimlarda, shuningdek garovda bitim obyekti bo‘lishi mumkin.
Bank depozit sertifikati bo‘yicha foiz to‘lovlarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi (amaldagi stavka 14%) o‘zgargan taqdirda, ushbu o‘zgartirish kiritilgan kundan e’tiboran belgilangan tartibda hisoblaydi va to‘lab beradi.
Depozit sertifikatlarini sotib olish uchun Bankning istalgan filialiga yoki Bosh ofisiga murojaat qilishingiz mumkin.