Bank tomonidan kichik tadbirkorlik sub`ektlarini milliy valyutada kreditlash (2013-yil 27-dekabrda 2546-son bilan davlat ro`yxatiga olingan)
Muddati: kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o`zini-o`zi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi:
qarz oluvchi o`z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag`larni shakllantirish va investisiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga — 12 oy muddatgacha;
aylanma mablag`larni to`ldirishga — 18 oy muddatgacha;
qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablag`larni to`ldirishga — 24 oy muddatgacha.
Foiz stavkasi: kredit shartnomasiga muvofiq belgilanadi.
Ta'minot: Qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta`minlash maqsadida quyidagi ta'minot turlaridan biri taqdim etiladi:
mol-mulk va qimmatli qog`ozlar garovi;
tijorat banki yoki sug'urta kompaniyasining kafolati;
uchinchi shaxs kafilligi;
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug`urta qilinganligi to`g`risidagi sug`urta polisi.
Kredit summasi: loyiha asosida.
Kredit summasi: eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoridan oshmaydigan summada.
Kredit maqsadi:
kichik (mini) uskunalarni xarid qilish; xususiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan, urug`lik, chorva mollari, parranda, yem-xashak va omuxta yem, veterinariya preparatlari, o`simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari va mineral o`g`itlarni sotib olish;
xom-ashyo va materiallarga birlamchi ishlov berish; mehnat qurollari, xom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, yordamchi ashyolarni harid qilish;
xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san`ati buyumlarini ishlab chiqarish; hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini tashkil qilish; servis xizmati va maishiy xizmat ko`rsatishni rivojlantirish; sog`liqni saqlash xizmatini rivojlantirish; sayyohlik (turizm) sohasini rivojlantirish;
kichik ko`lamdagi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish hamda amaldagi qonunchilik bilan ta`qiqlanmagan iste`mol tovarlarini ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish bilan bog`liq tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish.
Foiz stavkasi: Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan oshmagan miqdorda belgilanadi.
Kredit muddati: kreditlanayotgan tadbirning o`zini-o`zi qoplash muddatidan oshmagan muddatga.
Kredit ta'minot: qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta`minlash maqsadida quyidagi ta`minot turlaridan biri taqdim etiladi:
mol-mulk va qimmatli qog`ozlar garovi;
tijorat banki yoki sug`urta kompaniyasining kafolati;
uchinchi shaxs kafilligi;
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug`urta qilinganligi to`g`risidagi sug`urta polisi.
(O`z.R.P. 28.01.2009 y. PQ-1050ga asosan)
Kredit summasi: loyiha asosida.
Kredit maqsadi: ishlab chiqaruvchi korxonalarga texnologik uskunalar xarid qilish, nooziq-ovqat iste`mol tovarlari ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan xom-ashyo va materiallar sotib olish uchun, hamda ulgurji savdo korxonalariga mahalliy ishlab chiqaruvchilardan nooziq-ovqat iste`mol tovarlarini xarid qilish uchun.
Foiz stavkasi: Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan oshmagan miqdorda belgilanadi.
Kredit muddati - kreditlanayotgan tadbirning o`zini-o`zi qoplash muddatidan oshmagan muddatga.
Kredit ta'minoti - qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta`minlash maqsadida quyidagi ta`minot turlaridan biri taqdim etiladi:
mol-mulk va qimmatli qog`ozlar garovi;
tijorat banki yoki sug`urta kompaniyasining kafolati;
uchinchi shaxs kafilligi;
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug`urta qilinganligi to`g`risidagi sug`urta polisi.
(O`z.R.P .26.01.2009 y. PK-1047ga asosan)
Kredit maqsadi: mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda zarur bo`lgan texnologiya uskunalari, xom-ashyo va materiallar sotib olish hamda tomchilatib sug`orish tizimlarini xarid qilish uchun, fermer xo`jaliklari, agrofirmalar va boshqa tadbirkorlik sub`ektlariga issiqxonalar barpo qilish hamda tomchilatib sug`orish tizimini tatbiq etish uchun.
Kredit summasi — loyiha asosida.
Foiz stavkasi: Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan oshmagan miqdorda belgilanadi.
Kredit muddati - kreditlanayotgan tadbirning o`zini-o`zi qoplash muddatidan oshmagan muddatga.
Kredit ta`minoti - qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta`minlash maqsadida quyidagi ta`minot turlaridan biri taqdim etiladi:
mol-mulk va qimmatli qog`ozlar garovi;
tijorat banki yoki sug`urta kompaniyasining kafolati;
uchinchi shaxs kafilligi;
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug`urta qilinganligi to`g`risidagi sug`urta polisi.
Bank tomonidan yuridik shaxs maqomini olgan holda hamda yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub`ektlarigi uzoq muddatli kreditlar quyidagi maqsadlar va shartlar asosida ajratiladi:
Investision xarakterga ega bo`lgan ishlab chiqarish bilan bog`liq kreditar:
Kredit maqsadi: korxona va ishlab chiqarish quvvatlari (ob`ektlari) qurilishiga, faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish ob`ektlarini rekonstruksiya qilish, kengaytirish, modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, ishlab chiqarishga mo`ljallangan asosiy fondlarni, texnika va texnologiyalarni, asbob-uskuna va transport vositalarini sotib olishga;
Kredit summasi – loyiha asosida;
Muddati – 12 oydan ortiq muddatga, ammo loyihani o`zini o`zi qoplash muddatidan ortiq bo`lmagan muddatga;
Foiz stavkasi – shartnoma asоsida;
Kredit ta'minoti – kredit summasining 125% idan kam bo`lmagan ta`minot turlaridan biri (ko`chmas mulk, ko`char mulk, uchinchi shaxslar kafilligi, sug`urta polisi, qimmatli qog`ozlar, kafolat).
Lizing maqsadi: Ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun, Bank tomonidan faqatgina lizing shartnomasi muddati tugaganidan keyin lizing ob`ekti lizing oluvchining mulkiga o`tishini nazarda tutuvchi lizing operasiyalari amalga oshiriladi. Bunda Bankning lizing ob`ektini sotib olish, uni etkazib berish, ishga tayyor holga keltirish bilan bog`liq barcha xarajatlari va kelishilgan foizlar to`lovi lizing oluvchi tomonidan to`lanadi.
Lizing summasi: loyiha asosida.
Muddati: 12 oydan kam bo`lmagan va lizing ob`ekti xizmat muddatidan oshmagan muddatga amalga oshiriladi.
Lizing ob'ektlari - tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste`mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko`char va ko`chmas mulklar (er uchastkalari va boshqa tabiiy ob`ektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo`lishi cheklangan boshqa mol-mulklar bundan mustasno).
Ta'minot: lizing oluvchi tomonidan lizing ob`ekti qiymatining 45 foizidan kam bo`lmagan miqdorda likvidli qo`shimcha ta`minot taqdim etiladi.
Foiz stavkasi: lizing shartnomasiga muvofiq belgilanadi.
Mikrolizing summasi: eng kam ish haqining ikki ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada.
Foiz stavkasi: Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan oshmagan miqdorda belgilanadi.
Muddati: 12 oydan kam bo`lmagan va lizing ob`ekti xizmat muddatidan oshmagan muddatga amalga oshiriladi.
Lizing ob'ektlari - tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste`mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko`char va ko`chmas mulklar (er uchastkalari va boshqa tabiiy ob`ektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo`lishi cheklangan boshqa mol-mulklar bundan mustasno).
Ta'minot: lizing oluvchi tomonidan lizing ob`ekti qiymatining 45 foizidan kam bo`lmagan miqdorda likvidli qo`shimcha ta`minot taqdim etiladi.
Qarz oluvchi barcha kredit va lizing xizmatlaridan foydalanish uchun xizmat ko`rsatuvchi tijorat bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ariza;
qarz oluvchining bank hisobvarag`iga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi ko`rsatilgan biznes-reja;
qarz oluvchining tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim qilgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to`g`risida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo`jaliklari bundan mustasno.