28 mlrd so‘mgacha
Kreditning maksimal miqdori
60 oygacha
Kredit muddati
24 oygacha
Imtiyoz muddati
UZS
Kredit valyutasi
Mikro, kichik va oʻrta biznes uchun
Kimga to'g'ri keladi
Bank tizimidagi minimal stavkalardan past bo‘lmagan
Kredit stavkasi
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kreditning maqsadi:
asbob-uskunalar xarid qilish;
import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun asbob uskunlar sotib olish uchun;
asbob-uskunalarni mahalliylashtirish istagida bo‘lgan tadbirkorlar uchun;
maxsus texnikalarni sotib olish;
investitsion faoliyat bilan bog‘liq avtotransport vositalarini sotib olish;
uzoq muddatli moddiy va nomoddiy aktivlarni sotib olish;
investitsion faoliyat bilan bog‘liq qurilish ishlarini moliyalashtirish
(PF-93-sonli Farmon doirasida uy-joy qurilishi loyihalari moliyalashtirilmaydi);
aylanma mablag‘larni to‘ldirish.
Valyuta:
milliy valyuta (so ' m)
Kredit miqdori:
mahsulot doirasida — 28 mlrd so‘mgacha;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-93-sonli Farmoni doirasida yaratiladigan ish o‘rinlari soniga qarab:
51–100 ish o‘rni — 5 mlrd so‘mgacha;
101–200 ish o‘rni — 10 mlrd so‘mgacha;
200 tadan ortiq ish o‘rni — 15 mlrd so‘mgacha;
qurilish maqsadlari uchun — loyiha-smeta qiymatining 70 %idan oshmagan miqdorda.
Kreditni muddati:
aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun — 18 oygacha;
investitsion loyihalar va qurilish ishlari uchun — 60 oygacha;
jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — moliyalashtirish manbai shartlariga asosan.
Imtiyozli davr:
aylanma mablag‘lar uchun — 3 oygacha;
investitsion loyihalar va qurilish ishlari uchun — 24 oygacha
(biznes-rejada asoslantirilgan bo‘lishi shart);
jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — manba shartlariga asosan.
Foiz stavkasi:
bank o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilganda — SQB tizimida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan minimal stavkalardan kam bo‘lmagan miqdorda;
maqsadli resurslar hisobidan moliyalashtirilganda — normativ-huquqiy hujjatlar va resurs shartlariga muvofiq.
Kredit ta’minoti:
kredit summasining 125 %idan kam bo‘lmagan miqdorda
(aloqador shaxslar uchun — 130 %);
garovni bosqichma-bosqich rasmiylashtirishga ruxsat etiladi:
dastlabki garov — kredit summasining 70 %idan kam bo‘lmagan miqdorda;
qolgan qismi — kredit hisobiga sotib olingan aktivlar mijoz nomiga rasmiylashtirilgandan so‘ng.
Ta’minot sifatida qabul qilinadi:
ko‘chmas mulk
(bozorlardagi yengil konstruksiyali savdo do‘konlari qabul qilinmaydi; turar joy obyektlariga 50 % diskont qo‘llaniladi);
avtotransport vositalari — ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshmagan;
maxsus texnikalar — 2 yildan oshmagan;
asbob-uskunalar — 2 yildan oshmagan;
kredit valyutasidagi pul mablag‘lari;
kredit hisobiga sotib olinadigan asosiy vositalar (mijoz nomiga rasmiylashtirilgandan so‘ng).
Kreditni ajratish tartibi:
mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulot yetkazib beruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi) hisob raqamiga o‘tkaziladi
Foiz hisoblash va to‘lov tartibi:
bank mablag‘lari hisobidan — foiz stavkasi o‘zgarmas;
asosiy qarz annuitet yoki differensial usulda so‘ndiriladi;
jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — moliyalashtirish manbai shartlariga asosan.
Qo‘shimcha ta’minot:
uchinchi yuridik shaxs kafilligi;
kredit qaytarilmaslik xatari sug‘urta polisi;
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ kafilligi.
Cheklovlar:
bank xodimlari va ularning yaqin qarindoshlariga kredit ajratilmaydi;
ushbu shaxslar ta’sischi, rahbar, kafil yoki garov taqdim etuvchi bo‘lgan korxonalarga kredit berilmaydi.
Oxirgi yangilanish sanasi: 13.03.2026 09:50














