500 000 USD ekvivalentigacha
Kredit miqdori
84 oygacha
Kredit muddati
6 oygacha
Imtiyozli davr
UZS, USD, EUR, CNY
Kredit valyutasi
Bank stavkalari asosida
Kredit stavkasi
Mikro va kichik biznes
Mijoz
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kreditning maqsadi:
Kredit biznesning joriy ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun maqsadsiz tarzda ajratiladi.
aylanma mablag‘larni to‘ldirish
ishlab chiqarish va xo‘jalik xarajatlarini qoplash
mavjud kredit majburiyatlarini so‘ndirish
noturar bino va inshootlarni sotib olish
yangi transport vositalari va maxsus texnika xarid qilish
Valyuta:
milliy valyutada — o‘zbek so‘mi
xorijiy valyutada — AQSH dollari, yevro, Xitoy yuani
*Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlarga kredit faqat milliy valyutada
beriladi.
Kredit miqdori:
Kredit miqdori moliyalashtirish maqsadiga qarab belgilanadi:
noturar bino va inshootlar uchun — 28 milliard so‘mgacha
maqsadsiz kreditlar hamda transport/maxsus texnika uchun (yuridik shaxslar) —
7 000 AQSH dollari ekvivalentidan 500 000 AQSH dollari ekvivalentigachayuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlar uchun — 1 milliard so‘mgacha
Kreditni ajratish shakllari:
naqd pul ko‘rinishida;
bank kartasiga o‘tkazish orqali;
tovar/xizmat yetkazib beruvchining hisob raqamiga o‘tkazish orqali.
Xorijiy valyutadagi kreditlar 29801-hisob orqali so‘mga konvertatsiya qilinadi
(import shartnomalar bo‘yicha moliyalashtirish bundan mustasno).
Kredit muddati:
36 oygacha — maqsadsiz kredit
48 oygacha — transport va maxsus texnika
84 oygacha — ko‘chmas mulk xaridi
Imtiyozli davr:
3 oygacha — maqsadsiz kredit
6 oygacha — ko‘chmas mulk va transport
Foiz stavkasi:
Foiz stavkasi Bankning amaldagi kreditlash stavkalari bo‘yicha belgilanadi.
Foizlar har kuni hisoblanadi va tasdiqlangan grafik asosida so‘ndiriladi.
To‘lov grafigi:
asosiy qarz — har oy (imtiyozli davrdan so‘ng)
foizlar — har oy
to‘lov usuli — annuitet yoki differensial
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan ajratilgan kreditlarda to‘lov grafigi resurs shartlariga muvofiq belgilanadi.
Ta’minot:
Mulkiy garov turlari va shartlari:
Garov sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
- ko‘chmas mulk
(Bankda o‘rnatilgan talablar asosida qabul qilinadigan ko‘chmas mulk; bozor hududida joylashgan yengil konstruksiyali savdo do‘konlari hamda bekatlar garovga qabul qilinmaydi; turar joy toifasidagi mulklar 70%gacha diskont qo‘llangan holda qabul qilinadi; parrandachilik komplekslari Mikro va kichik biznes departamentining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda, agar qarz oluvchi rejalashtirilayotgan bino va inshootlarda parrandachilik faoliyatini kamida 12 oy davomida amalga oshirayotgan bo‘lsa hamda АКБ «Узпромстройбанк» tizimida xizmat ko‘rsatilayotgan mijoz bo‘lsa, garovga qabul qilinishi mumkin); - avtotransport vositalari
(yengil avtotransport vositalari — ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan, bunda ishlab chiqarilgan yil birinchi yil hisoblanadi); - pul mablag‘lari
(ajratilayotgan kredit valyutasida).
mijoz mikro yoki kichik biznes segmentiga mansub bo‘lishi
faoliyat muddati kamida 6 oy (kredit summasiga qarab farq qilishi mumkin)
amaldagi kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud emas
kreditlar “qoniqarsiz”, “shubhali” yoki “umidsiz” toifasiga kiritilmagan bo‘lishi
kartoteka-2 va ijro ishi bo‘yicha qarzdorliklar mavjud emas
hisobvaraqda xo‘jalik faoliyatiga oid tushumlar mavjud bo‘lishi
kredit yuklamasi Bank talablariga mos bo‘lishi
avval olingan kreditlar bo‘yicha maqsadsiz foydalanish holatlari mavjud emas
Yuridik shaxslar uchun
- kredit olish uchun ariza
oxirgi hisobot davri moliyaviy hisobotlari
ta’minot hujjatlari (baholash, kadastr, transport ro‘yxati va boshqalar)
oldi-sotdi shartnomasi (maqsadli kreditlarda)
loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa hujjatlar
Yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlar uchun
- ariza
ta’minot hujjatlari
hisobvaraqlar bo‘yicha aylanmalar haqida ma’lumot
zaruratga ko‘ra shartnomalar
Oxirgi yangilanish sanasi: 27.03.2026 14:48














