500 000 USD ekvivalentigacha
Kredit miqdori
36 oygacha
Kredit muddati
3 oygacha
Imtiyozli davr
UZS, USD
Kredit valyutasi
Individual belgilanadi
Kredit stavkasi
Mikro va kichik biznes
Mijoz
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kreditning maqsadi:
Kredit biznesning joriy ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun maqsadsiz tarzda ajratiladi.
Quyidagi maqsadlar uchun kredit ajratilmaydi:
kreditlar va ularga tenglashtirilgan qarzdorliklarni so‘ndirish;
uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish;
qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va veksellar bo‘yicha to‘lovlar;
yuridik shaxslar ulushlarini (aksiyalarini) sotib olish;
ikkilamchi hisobvaraqlarga pul o‘tkazish;
ilgari olingan moliyaviy yordam mablag‘larini qaytarish;
kafillik majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish.
Valyuta:
UZS, USD
Kredit miqdori:
7 000 dollardan 500 000 AQSh dollarigacha (ekvivalentda);
yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlar uchun — 1 mlrd so‘mgacha;
200 000 dollardan yuqori kreditlarda maksimal miqdor quyidagicha hisoblanadi:
(so‘nggi 12 oydagi tushum – amaldagi kredit qoldig‘i) / 2
Mijozning barcha banklardagi umumiy kredit yuklamasi, shu jumladan yangi kredit bilan birga, 10 mlrd so‘mdan oshmasligi kerak.
Kreditni ajratish shakllari:
naqd pul ko‘rinishida;
bank kartasiga o‘tkazish orqali;
tovar/xizmat yetkazib beruvchining hisob raqamiga o‘tkazish orqali.
Xorijiy valyutadagi kreditlar 29801-hisob orqali so‘mga konvertatsiya qilinadi
(import shartnomalar bo‘yicha moliyalashtirish bundan mustasno).
Kredit muddati:
36 oygacha
Foiz stavkasi:
Milliy valyutada (UZS):
60 oydan yuqori muddatlarda — yillik 25% dan
0–35 oy uchun — yillik 28% gacha
Xorijiy valyutada (USD):
60 oydan yuqori muddatlarda — yillik 14% dan
0–35 oy uchun — yillik 15,5% gacha
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan berilgan kreditlarda bank marjasi qo‘shiladi — kredit muddatiga qarab 4%–9%.
To‘lov grafigi:
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:
differensial yoki annuitet to‘lovlar;
uzoq muddatli kreditlarda differensial usulda asosiy qarz har oy teng qismlarda to‘lanadi;
foizlar har oyda to‘lanadi.
Jalb qilingan resurslardan berilgan kreditlar — manba shartlariga asosan.
differensial yoki annuitet to‘lovlar;
uzoq muddatli kreditlarda differensial usulda asosiy qarz har oy teng qismlarda to‘lanadi;
foizlar har oyda to‘lanadi.
Ta’minot:
Asosiy garovga qo‘shimcha ravishda:
Korxona ustav kapitalining 50% va undan ortig‘iga egalik qiluvchi ta’sischilar
(yoki jami ulushi 50% va undan ortiq guruh ta’sischilar) tomonidan
kredit summasining 125% miqdorida jismoniy shaxs sifatida kafillik talab qilinadi.
Agar kafil korxona bo‘lsa, uning ta’sischilariga ham ayni talablar qo‘llanadi.
Qabul qilinadigan garov turlari va shartlari:
Ko‘chmas mulk:
bank talablari asosida baholanadi;
turar joylar — 50% diskont bilan;
yengil savdo pavilyonlari, issiqxonalar, parrandachilik majmualari, bekatlar garov sifatida qabul qilinmaydi.
Avtotransport:
yengil avtomobillar — 3 yildan eski bo‘lmasligi kerak.
Pul mablag‘lari:
kredit valyutasida.
amaldagi kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
kreditlar “qoniqarsiz”, “shubhali” yoki “umidsiz” toifalarga kiritilmagan bo‘lishi;
kredit mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanmagan bo‘lishi;
2-sonli kartoteka va ijro ishlari bo‘yicha qarzdorliklar mavjud bo‘lmasligi;
moliyaviy holati kredit majburiyatlarini bajarish imkonini berishi;
kredit shartlari o‘zgartirilganda ta’minot darajasi yomonlashmasligi
(zarurat tug‘ilganda qo‘shimcha ta’minot taqdim etiladi).
Yuridik shaxslar uchun
kredit olish bo‘yicha ariza;
ta’sischilar qarori (zarur hollarda);
oxirgi hisobot davri uchun moliyaviy hisobotlar;
joriy davr uchun hisobotlar (zarur bo‘lsa);
TEO yoki biznes-reja (investitsion loyihalar uchun);
shartnomalar va boshqa hujjatlar — loyiha xususiyatiga qarab.
Yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlar uchun
ariza;
boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha 12 oylik aylanma ma’lumotlari (mavjud bo‘lsa);
shartnomalar (zarur hollarda);
loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa hujjatlar.














