main-image
KREDIT MAHSULOTLARI
O’z biznesingizni biz bilan rivojlantiring!

FAKTORING

aylanma mablag‘larni tez to‘ldirish va biznesingizni o‘stirish uchun

FAKTORING
Mahsulot haqida
Step icon

5 mlrd so‘mgacha

Kredit miqdori

Step icon

4 oygacha (bir martalik)

Limit muddati

Step icon

120 kungacha

Faktoring muddati

Step icon

So'm

Valyuta

Step icon

Mikro va kichik biznes

Kimga to'g'ri keladi

Step icon

Moliyaviy hisobotga asosan

Diskont stavkasi

Faktoringni olish oson!
Steps icon

Platformadan ro‘yxatdan o‘ting va elektron ariza qoldiring

Steps icon

Bank tasdiqini oling va limitni belgilang

Steps icon

Bank tomonidan belgilangan limit bo'yicha shartnomani imzolang va moliyalashtirishni oling


Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Faktoring maqsadi:

yetkazib beruvchilarni (xo‘jalik yurituvchi subyektlarni) bank (moliyaviy agent) tomonidan yetkazib berilgan tovarlar/ko‘rsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) bo‘yicha talab qilish huquqini sotib olish orqali diskont ushlab qolgan holda moliyalashtirish.

Valyuta:

milliy valyuta (so'm)

Limit muddati:

4 oygacha (bir martalik)

Diskont stavkasi:*

debitorning yillik aylanmasiga qarab belgilanadi:

  • 15 mlrd so‘mgacha — yillik 30%
  • 15–25 mlrd so‘m — 27%
  • 25 mlrd so‘mdan yuqori — 25%

Qo‘shimcha ravishda faktoring summasidan 0,4% miqdorida platforma komissiyasi ushlab qolinadi (moliyalashtirish vaqtida bir martalik).

    Faktoring muddati:

    120 kungacha
    (180 kungacha — ayrim sohalar uchun: qurilish materiallari ishlab chiqarish, elektrotexnika hamda oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlari eksporti)

    Faktoring summasi:

    5 mlrd so‘mgacha

    Rasmiylashtirish usuli:

    elektron raqamli imzo orqali raqamli platformada onlayn shaklda.


    Hujjatlar
    Shartnoma

    Shartnoma

    Yuklab olish
    DOWNLOAD

    Qarz oluvchiga (debitorga) qo‘yiladigan talablar

      1. Bankda asosiy hisob raqamining mavjudligi
      2. Faoliyat muddati — kamida 12 oy
      3. So‘nggi 12 oy davomida barqaror aylanmalar mavjudligi
      4. Muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud emasligi
      5. Kartoteka-2 mavjud emasligi
      6. Ijobiy moliyaviy hisobot mavjudligi
      7. Yaxshi kredit tarixiga ega bo‘lishi

      Va boshqalar (jumladan, sud jarayonlari bo‘yicha talablar, reyting kamida 200 ball va boshqalar)

    Talab etiladigan hujjatlar

    Debitordan:

    • Faktoring limiti o‘rnatish bo‘yicha ariza.

    • Buxgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl), QQS hisobotlari yoki QQS to‘lovchisi bo‘lmaganlar uchun moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (so‘nggi hisobot davri uchun). Agar ma’lumotlar bank tizimida mavjud bo‘lsa — taqdim etish talab qilinmaydi.

    • Bankka to‘lov talabnomalarini taqdim etishga rozilik xati.

    Yetkazib beruvchidan (kreditordan):

    • Tovar/mahsulot yetkazib berish yoki xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar nusxalari.

    • Har ikki tomon imzolagan solishtirma dalolatnoma (akt sverka).

    • Hisob-faktura.

    Barcha hujjatlar platformaga yuklanadi va elektron raqamli imzo orqali tasdiqlanadi.

    SQB BUSINESS
    SQB BUSINESS

    Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

    Batafsil
    Depozitlar
    Depozitlar

    Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

    Batafsil
    Transchegaraviy oʻtkazmalar
    Transchegaraviy oʻtkazmalar

    Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring

    Batafsil
    Korporativ kartalar
    Korporativ kartalar

    Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

    Batafsil
    Ish haqi loyihasi
    Ish haqi loyihasi

    Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

    Batafsil
    Savdo ekvayringi
    Savdo ekvayringi

    Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

    Batafsil
    Biznes kreditlari
    Biznes kreditlari

    Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

    Batafsil

    Oxirgi yangilanish sanasi: 26.03.2026 11:43
    up
    DEMO
    close
    Давайте поговорим!
    close
    send
    arrow-left
    Недавние чаты
    close
    История
    FAQ
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    logo