6 mlrd UZS ekvivalentigacha
Kreditning maksimal miqdori
48 oygacha
Kredit muddati
6 oygacha
Imtiyozli davr
Milliy hamda xorijiy valyutada
Kredit valyutasi
yillik 27%
Foiz stavkasi milliy valyutada
Kreditning maqsadi:
oldi-sotdi shartnomalariga asosan shaxsiy foydalanish uchun yangi (ishlab chiqarilganiga ikki yildan oshmagan, foydalanishda bo‘lmagan transport vositalari, ishlab chiqarilgan yili birinchi yil sifatida qaraladi) ishlab chiqarilgan, transport vositalari (yengil, elektromobil) sotib olish uchun
Valyuta:
Kredit muddati:
Foiz stavkasi:
milliy valyutada – 27 %
xorijiy valyutada - 14 %
Kredit miqdori:
600 mln. so‘m ekvivalentidan 6 mlrd. so‘m ekvivalentigacha bo‘lgan miqdorda (ushbu kredit mahsuloti doirasida)
Imtiyozli davr:
Kredit ta'minoti:
kredit summasining 125% dan kam boʻlmagan miqdorda mulkiy ta’minot (Aloqador shaxslar uchun 130%)
Maxsus shartlar:
kredit doirasida 5 tagacha transport vositasini sotib olish mumkin
Qarz oluvchi kredit yuklamasi 150%dan ortiq boʻlmasligi.
Mijoz hamda unga aloqador korxonalarning “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimidagi joriy kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan foiz yoki asosiy qarz toʻlovlari mavjud emasligi.
KATM maʼlumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari hamda oʻzaro aloqador korxonalarining “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud boʻlmasligi.
Kartoteka-2 hisobraqamida qoldiq summa mavjud boʻlmasligi.
Oxirgi hisobot davriga moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl) ijobiy yakunlangan boʻlishi.
Oʻz aylanma mablagʻlari mavjudligi ijobiy koʻrsatkichda boʻlishi.
Ariza sanasidan soʻnggi 12 oy ichida “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida toʻlov jadvaliga asosan belgilangan toʻlovlar oydan oyga oʻtish holatlari 3 martadan koʻp boʻlmasligi (bunda, toʻlov jadvaliga asosan bir oylik asosiy qarz va foiz toʻlovlari birgalikda 1 marta deb hisoblanadi).
KATM maʼlumotnomasiga asosan kredit tarixi boʻyicha oxirgi 5 yil ichida:
30+dan oshgan muddati oʻtgan qarzdorliklari 15 tadan koʻp boʻlmasligi;
60+dan oshgan muddati oʻtgan qarzdorliklari 3 tadan koʻp boʻlmasligi;
90+dan oshgan muddati oʻtgan qarzdorliklarga yoʻl qoʻyilmagan boʻlishi;
sud jarayonidagi kredit qarzdorliklariga umuman yoʻl qoʻyilmagan boʻlishi;
balansdan tashqari (hisobdan chiqarilgan) hisob raqamga olingan kredit qarzdorliklariga umuman yoʻl qoʻyilmagan boʻlishi.
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan maqsadsiz ishlatilganlik holatlari mavjud boʻlmasligi lozim (Oʻrta biznes markazi kredit tahlili xizmati tomonidan tekshiruv kredit monitoring xizmati tomonidan tuzilgan maqsadli ishlatilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma asosida amalga oshiriladi va xulosada aks ettiriladi. Kreditlar boʻyicha maqsadli ishlatilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma muddati yetib kelmagan, qarz oluvchi yetkazib beruvchini xizmat yoki mahsulot yetkazib bermaganligi sababli sudga bergan hamda kredit mablagʻlarini maqsadli ishlatilishini tekshirish lozim boʻlmagan mahsulotlar orqali ajratilgan kreditlarga nisbatan ushbu shart qoʻllanilmaydi).
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan kollegial organ tomonidan belgilangan shartlarni bajarmaslik holatlari mavjud boʻlmasligi.
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik hamda foiz toʻlovlari boʻyicha shartlari qayta koʻrib chiqilgan (muddati uzaytirilgan) hisobvaraqlarda qoldiq mavjud boʻlmasligi.
Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻ mavjud boʻlmasligi.
Oxirgi 3 yilda kredit xizmatlari boʻyicha (javobgar uchun kafillik taqdim etilgan holatlar ham hisobga olinadi) iqtisodiy sudda daʼvo arizalari mavjud boʻlmagan va daʼvo arizasi qisman yoki toʻliq qanoatlantirilmagan boʻlishi (javobgar uchun tegishli mulk garovi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno).
Mijozning Debt/EBITDA ko‘rsatkichi 4 dan ko‘p boʻlmasligi (kredit siyosatida keltirilgan istisnolar bundan mustasno).
Mijoz KATM ma’lumotlariga asosan kredit tarixi boʻyicha 200 balldan yuqori ballga ega boʻlishi.
Kamida 6 oy davomida faoliyatini toʻxtovsiz amalga oshirgan boʻlishi.
Qarz oluvchining ichki reytingi “B-”dan kam boʻlmasligi (kredit siyosatidagi istisnolar bundan mustasno).
Qarz oluvchining reytingi (tashqi, xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan berilgan reyting mavjud boʻlgan hollarda) “B-”dan kam boʻlmasligi (kredit siyosatidagi istisnolar bundan mustasno).
Oxirgi bir yil yoki joriy yilning barcha hisobot choraklaridagi faoliyat (kredit siyosatida keltirilgan istisnolar bundan mustasno):
operatsion xarajatlar daromadlar oʻsishiga mutanosib boʻlmagan holda sezilarli darajada oshmagan boʻlishi;
aktivlar rentabelligi (ROA) koeffitsienti sezilarli darajada pasaymagan boʻlishi (maksimal kamayishi 20%dan koʻp boʻlmasligi);
kapital rentabelligi (ROE) koeffitsienti sezilarli darajada pasaymagan boʻlishi (maksimal kamayishi 20%dan koʻp boʻlmasligi).
Ariza.
Qarz oluvchi korxonaning oxirgi hisobot davri uchun (elektron shaklda DSIga taqdim etilgan) buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.
Agar 1- va 2-sonli shakllar Bank tomonidan DSI ma’lumotlar bazasidan elektron olingan bo‘lsa — qayta topshirish talab etilmaydi.Oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.
Qarz oluvchi korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kredit olish yuzasidan roziligi.
Garovga qo‘yuvchi ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi qarori: garovga qo‘yiladigan mulkni taqdim etish va unga nisbatan sudgacha undirishni amalga oshirish bo‘yicha.
Qarz oluvchi ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi qarori: depozit mablag‘larini taqdim etish va garov sifatida qo‘yish yuzasidan.
Boshqa banklardagi hisob raqamlari aylanmasi (asosiy hisob raqami boshqa bankda bo‘lgan hollarda) va kartoteka-2 qarzdorligi to‘g‘risida ma’lumot.
Oldi-sotdi va/yoki import shartnomalari.
Faoliyat joyi bo‘yicha hujjatlar:
kadastr hujjatlari,
ijara shartnomasi,
e-auksion dalolatnomasi,
hokim qarori,
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa asoslovchi hujjatlar.
Faoliyat joyi talab etilmaydigan hollarda ushbu hujjatlar so‘ralmaydi.
Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha hujjatlar Bank tomonidan talab qilinishi mumkin.










