Xizmat safarlari va faoliyatingiz bilan bogʻliq boʻlgan harajatlarni soddalashtirilgan hisobi
Xodimlarga berilgan pullarni nazorat qilish
Xodimlarning chet el xizmat safarlari uchun valyuta sotib olish maqsadida xorijiy valyutada hisob ochish zaruratining yoʻqligi
Xizmat safariga yuborilgan xodimning korporativ karta boʻyicha harajatlar limitini oshirish imkoniyati
SQB tomonidan chiqarilgan Visa korporativ kartalari 3DSecure havfsiz toʻlovlar xizmatiga ulangan.
pul mablagʻlaridan kunu-tun foydalanish
ishlatishning qulay va osonligi.
pul olishga ketadigan vaqtni tejash
!!!Korporativ karta orqali qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi chek va kvitansiyalarni saqlab qoʻying
Tariflar | Qiymati |
---|---|
Karta emissiyasi | 50 000 so‘m+QQS |
Shikastlangan yoki yo‘qolgan kartani almashtirish | 50 000 so‘m+QQS |
Kartani blokdan chiqarish | bepul |
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB hamda mahalliy to‘lov tizimlari orqali savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish | bepul (xizmat ko‘rsatuvchi bankning vositachilik haqi undirilishi mumkin) |
Korporativ karta hisobvarag‘ini yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobvarag‘idagi mablag‘lari hisobiga to‘ldirish | summadan 0,5% (korporativ kartani to‘ldirish xizmat haqi pul mablag‘i tranzit hisobvarag‘iga kirim qilinishida undiriladi.) |
Korporativ kartalarni tranzit hisobvaraqlardan to‘ldirish | bepul |
Yuridik shaxsni tashkil etmasdan turib yakka tartibdagi tadbirkorlardan talab etiladigan asosiy hujjatlar:
- Yozma murojaat
- Yakka tartibdagi tadbirkorning guvohnomasi va pasport nusxasi
- Milliy valyutadagi korporativ bank kartasidan foydalanish to‘g‘risida bank va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasida shartnoma tuzish
Yuridik shaxslardan talab etiladigan asosiy hujjatlar:
- Yozma murojaat
- Korxona/tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi haqidagi guvohnoma
- Korporativ kartadan foydalanish uchun mas’ul xodimni tayinlash to‘g‘risida buyruq nusxasi
- Mas’ul xodim va korxona/tashkilot o‘rtasida tuzilgan moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi
- Korporativ karta uchun javobgar shaxsning pasport nusxasi;
- Korporativ bank kartasidan foydalanish to‘g‘risida shartnoma tuzish
- Korporativ kartani olish uchun mas’ul xodim nomiga ishonchnoma