Tashkilotchilik
Tashkilotchilik – mahalliy va xalqaro fond bozorlarida qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish va ularni kapital bozorida joylashtirishda tashkiliy masalalar bo‘yicha konsultatsion xizmat ko‘rsatish.
Mijozlar segmenti:
· Aksiyadorlik jamiyatlari;
· Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar;
· Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar;
· va boshqalar.
Emissiyaning minimal hajmi: 1 milliard (bir milliard) so‘m
Fond bozori: Mahalliy va Xalqaro
Chiqarilish shakli: Elektron shaklda
Qimmatli qog‘oz turi: Aksiya, korporativ obligatsiya
Xizmat ko‘rsatish muddati:
Umumiy - 3-6 oy:
Huiiatlarni tayyorlash (1-2 oy);
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (1 oy);
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish (1-3 oy).
Xizmat ko’rsatish narxi:
Emissiya hajmi va tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi
Tashkilotchilik jarayonida Bank quyidagi jarayonlarda ishtirok etadi:
1. Moliyaviy tahlil: Bank mijozning moliyaviy imkoniyatlari va ehtiyojlarini chuqur tahlil qiladi. Ushbu tahlil loyihaning iqtisodiy asoslanganligini baholash va qimmatli qog‘ozlarni muvaffaqiyatli joylashtirish uchun zarurdir. Moliyaviy tahlil orqali mijozning daromad potensiali, risk darajasi va investorlar uchun jozibadorligi aniqlanadi.
2. Qimmatli qog‘oz turlarini aniqlash: Loyihaning xususiyatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, bank emissiya qilinadigan qimmatli qog‘oz turini belgilaydi. Bu aksiyalar, obligatsiyalar yoki boshqa moliyaviy vositalar bo‘lishi mumkin.
3. Hujjatlarni tayyorlash: Bank qimmatli qog‘ozlarni chiqarish uchun zarur bo‘lgan huquqiy va texnik hujjatlarni tayyorlaydi (prospekt, due diligence va hokazo). Bu hujjatlar regulyator talablariga mos ravishda tayyorlanadi va emissiyaning qonunchilik talablariga to‘liq mosligini ta’minlaydi.
4. Investorlarga taqdimot qilish va marketing: Investorlarni jalb qilish jarayonida bank loyihani keng targ‘ib qiladi. Maxsus taqdimotlar, marketing strategiyalari va reklama kampaniyalari orqali qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha talab shakllantiriladi. Bu jarayon qimmatli qog‘ozlarning muvaffaqiyatli joylashtirilishi uchun muhim bosqich hisoblanadi.
5. Joylashtirish: Qimmatli qog‘ozlar emissiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish va investorlar o‘rtasida joylashtirish jarayoni bankning asosiy vazifalaridan biridir. Bu bosqichda qimmatli qog‘ozlar savdosi amalga oshiriladi va mablag‘lar jalb qilinadi.
6. Monitoring: Emissiya amalga oshirilganidan so‘ng, bank qimmatli qog‘ozlar bozoridagi vaziyatni nazorat qiladi.