Har oyning to‘rtinchi payshanbasida O‘zsanoatqurilishbankda ekologik aksiya – "Qog‘ozsiz kun" o‘tkaziladi. Ushbu kunda mijozlar va xodimlar qog‘oz hujjatlardan voz kechib, zamonaviy raqamli xizmatlardan foydalanishga taklif etiladi. Elektron hisobotlar, onlayn hujjatlar, raqamli imzolar va boshqa xizmatlar bank xizmatlaridan foydalanish jarayonini tezroq va qulayroq qiladi hamda tabiiy resurslarni asrab-avaylashga yordam beradi.

O‘tgan "Qog‘ozsiz kun" shuni yana bir bor ko‘rsatdiki, mijozlarimiz va xodimlarimiz tobora ekologik mas’uliyatni anglab yetmoqdalar va atrof-muhitni muhofaza qilish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorlar. Qog‘ozdan voz kechish nafaqat resurslarni tejashga, balki atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga ham yordam beradi.

Aksiyada ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz va navbatdagi "Qog‘ozsiz kun"ga qo‘shilishga taklif qilamiz! Keling, birgalikda yanada ekologik toza muhit yaratamiz!




Oxirgi yangilanish sanasi: 25.03.2025 09:53  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo