
O`zbekiston bo`ylab bank operatsiyalari va onlayn to`lovlarning to`liq spektriga ega universal karta
UZCARD kartasi – NFC texnologiyasidan foydalangan holda kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlaydigan yangi bo‘rttirma UZCARD. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB mazkur plastik kartochkalarni yuridik va jismoniy shaxslarga taklif etadi. Pensiya yoki ish haqini plastik kartochkalarga o‘tkazish bilan sizga naqd pul olib yurishga hojat qolmaydi, shuningdek, mablag‘larning xavfsizligini va o‘zaro hisob-kitoblarning to‘g‘riligini ta’minlaydi.
UZCARD kartalari ish haqi va pensiya to‘lovlari uchun bepul taqdim etiladi.
Tijorat va xizmat ko‘rsatish korxonalarida, shuningdek, bank muassasalarida UZCARD kartalaridan foydalangan holda debet operatsiyalarini amalga oshirishda komissiya olinmaydi.
UZCARD kartasining afzalliklari:
Tijorat va virtual terminallar orqali to'lash uchun ikkita interfeysli kartalar (bir vaqtning o'zida kontaktli va kontaktsiz).
Bank kassalarida va bankomatlar orqali naqd pul olish (faqat jismoniy shaxslarning kartalari bilan)
Ko'pgina mobil ilovalar, jumladan SQB Mobile ilovasi orqali kartadan kartaga pul o'tkazish
Yuqori xavfsizlik
Ko'zi ojiz fuqarolar uchun ramzlarning bo'rttirma belgilarining mavjudligi
| Tariflar | Qiymati |
|---|---|
| Kartani rasmiylashtirish | |
| Kartani chiqarish | 50 000 so‘m (QQS bilan) |
| Mobil ilova orqali karta chiqarish (rezidentlar uchun) | 25 000 so‘m (QQS bilan) |
| Ish haqi, pensiya, ijtimoiy to‘lov va stipendiya olish uchun karta birinchi marta chiqarilganda | bepul |
| Qo‘shimcha karta chiqarish | 50 000 so‘m (QQS bilan) |
| Kartani qayta chiqarish | |
| Amal qilish muddati tugaganda | bepul |
| Yo‘qotilganda, shikastlanganda va boshqa hollarda | 50 000 so‘m (QQS bilan) |
| Mobil ilova orqali kartani qayta chiqarish (rezidentlar uchun) | 25 000 so‘m (QQS bilan) |
| Mobil ilova orqali amal qilish muddati tugaganda | bepul |
| Asosiy operatsiyalar | |
| Kartaga xizmat ko‘rsatish | bepul |
| SQB bankomatlari orqali to‘ldirish | 0 % |
| SQB kassalari orqali to‘ldirish |
2 000 000 so‘mgacha — 0,5 % 2 000 000 so‘mdan ortiq — 0 % |
| Naqd pul yechish | summaning 1 %i |
| Kommunal xizmatlar, mobil aloqa va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish | 0 % |
| SQB Mobile orqali o‘tkazmalar | |
| SQB kartalariga (Uzcard, Humo, xalqaro, kredit) | 0 % |
| Boshqa banklarning Uzcard va Humo kartalariga | summaning 0,5 %i |
| Boshqa banklarning xalqaro kartalariga | summaning 1,5 %i |
| SQBda ochilgan hisoblarga (karta hisobvaraqlaridan tashqari) | 0 % |
| SQB tomonidan berilgan kreditlarni so‘ndirish | 0 % |
| Boshqa banklar tomonidan berilgan kreditlarni so‘ndirish | summaning 2 %i |

