Barcha kreditlar
Visa Infinite karta egalari uchun hajmi 260 * 275 * 410 mm depozit qutisining yillik ijarasi bepul taqdim etiladi.
Depozit yacheykasi- bu individual alohida seyf boʻlib, uni mijoz qimmatbaho buyumlarni xavfsiz saqlash maqsadida bankdan ijaraga oladi. Yacheykalar maxsus jihozlangan omborxonalarda oʻrnatilgan boʻlib, ikkita qulf bilan qulflanadi. Bir qulfning kaliti bankda, ikkinchi qulfning kaliti esa mijozning tasarrufida boʻladi.
Yacheykani bir kundan bir yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga olish mumkin. Agar seyf uzoqroq muddatga kerak boʻlsa (bir yildan ortiq), ijara shartnomasi uzaytiriladi. Agar siz bir yilga toʻlov qilgan boʻlsangiz, buyumlaringiz aytaylik bir necha oy ichida qaytib olmoqchi boʻlsangiz, sizga toʻlovni qayta hisob-kitob qilib beriladi.
Moddiy boyliklarni bank yacheykalarida saqlashning ikkita usuli mavjud: bular deklaratsiya qilinadigan va anonim usullaridir. Birinchi navbatda, sizning “omonatingiz” jismoniy xajmini aniqlash va siz murojaat qilmoqchi boʻlgan bankda shunga muvofiq xajmdagi quti borligini aniqlash kerak. Depozit yacheykasining egasi saqlashga topshirmoqchi boʻlgan buyumlarining roʻyxatini rasmiylashitirishi mumkin. Bu esa mol mulkni sugʻurtalash imkonini beradi, yaʼni, agar bankning aybi bilan qimmatbaho buyumning qiymatiga zarar yetsa yoki yoʻqolsa, bank keltirilgan zararni pul shaklida qoplab beradi.
Bank qutisining hajmini aniqlang va ijara narxlarini sayt yoki 1180 qisqa raqami orqali o`rganing.
Bank ofisiga: Toshkent shahri, Mirzo Ulug`bek tumani, Istiqlol ko`chasi, 25 pasport yoki boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qiling.
Bank qutisi ijarasi shartnomasini diqqat bilan o`qing va imzolang.
Ijara haqini shartnomaga muvofiq to`lang-butun davr uchun yoki birinchi davr uchun, masalan, oy uchun.
Seyf kalitini oling.
Depozitariyga kiring, shartnoma turiga binoan- qutiga qiymatlarni o`zingiz yoki bank menejeri yordamida joylashtiring.Qutini kalit bilan yoping va uni o`zingizda saqlang.